Jahon chempionatining "G" guruhi 1-turidan o‘rin olgan Belgiya - Panama uchrashuvi yakunlandi. Belgiya ustozi Roberto Martinez bugungi bahsda o‘ta hujumkor taktikani tanlagan: 3-4-3. Panama bosh murabbiyi esa tabiiyki himoyaviy sxemani ma’qul ko‘rmoqda: 4-5-1. Ushbu o‘yinda Belgiya raqibi ustidan yirik 3:0 hisobida g‘alabaga
erishdi.
JCh-2018 "G" guruhi
Belgiya - Panama 3:0Gollar: Mertens (47), Lukaku (69, 75)
Belgiya – Kurtua, Boyata, Vertongen, Mene, Alderveyreld, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko (Dembele, 74), Vitsel (Shadli, 90), Azar, Mertens (Azar, 83), Lukaku.
Panama – Penedo, Torres, Devis, Murilo, Eskobar, Godoy, Gomes, Kuper, Barsenas (Torres, 63), Rodriges (Dias, 63), Peres (Texada, 73).
Ogohlantirishlar: Mene (14), Devis (18), Barsenas (45), Kuper (49), Murilo (51), Godoy (57), Vertongen (59), de Bryuyne (88).
Ushbu o‘yin haqidagi qiziqarli lavhalar va kiritilgan gollarni quyidagi
HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.