“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:05
ЎЗO‘Z

Sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent shahar karate federatsiyasi qayta tuzildi

06 iyun, 10:50 4 342 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent shahar karate federatsiyasi qayta tuzildi O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasining yangi rahbariyati mamlakatimizda ushbu sport turining ommaviyligini oshirish, yoshlarni karatega yanada qiziqtirish yo‘lida islohotlarni boshlab yuborgan. Bu borada kadrlar masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bungacha Samarqand viloyati karate federatsiyasida konferensiya tashkil qilinib, yuzaga kelgan muammolar, kamchiliklar ko‘tarilgan va yakunda viloyat karate federatsiyasiga yangi rahbar tayinlangandi.

Bugun ana shu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida navbatdagi yig‘ilish tashkil qilindi. O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasining tashabbusi bilan sakkiz yildan buyon faoliyati to‘xtab qolgan Toshkent shahar karate federatsiyasi qayta tuzildi va yana faoliyat olib boradigan bo‘ldi. Qayd etib o‘tish lozimki, o‘z vaqtida mazkur federatsiya o‘zbek karatesining asosiy bo‘g‘ini hisoblanardi, ammo so‘nggi sakkiz yilda tashkilot faoliyati to‘xtab qolgandi.

Qayta jonlantirilgan federatsiyaga Alijon Hamroyev rahbar etib saylandi. Qahramon Dehqonov va Doniyor Qurbonboyev vitse-prezident lavozimida ish olib boradilar. Husniddin Sopiyev esa Toshkent shahar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. Yig‘ilishda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan 40 nafardan ortiq murabbiy, hakam va karate fidoyilari ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston karate federatsiyasi ijrochi direktori Otabek Qosimov mamlakat poytaxtida federatsiya yo‘qligining o‘zi karate sportning qay ahvolga kelib qolganidan dalolat berishi, bundan buyog‘iga yangi tashkil etilgan federatsiya oldiga jiddiy talablar qo‘yilishi, ish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilishi haqida gapirib o‘tdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 53
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 264
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar