“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:36
ЎЗO‘Z

Italiya futbol federatsiyasi mutaxassislari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi

06 iyun, 09:50 4 062 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Italiya futbol federatsiyasi mutaxassislari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda futbolni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator futboli rivojlangan xorijiy mamlakatlar futbol assotsiatsiyalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bir qator mamlakatlar futbol rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, xorijiy mamlakatlar tajribasini yurtimizda ham yo‘lga qo‘yish borasida ko‘plab islohotlarni amalga oshiryapti.

Ana shunday chora-tadbirlar natijasida Italiya futbol assotsiatsiyasi bilan ham hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Jumladan, Italiya murabbiylari assotsiatsiyasi prezidenti va Italiya futbol federatsiyasi murabbiylar maktabi rahbari Renso Uliveri O‘FA bilan hamkorlik qilish, o‘zbekistonlik murabbiylar salohiyatini oshirish hamda O‘zbekistonda futbolning rivojiga hissa qo‘shishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Janob Uliveri hamda Italiya futbol federatsiyasining Yoshlar sektori texnik koordinatori, "Atalanta" klubi akademiyasi mutaxassisi Stefano Bonakkorso shu yilning 15-23 iyul kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, yurtimizdagi bolalar futboli murabbiylari uchun mashg‘ulot o‘tkazish tartibi, uchrashuvlarga taktik va jismoniy tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tishadi.

Manba: www.the-uff.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 0
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 234
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 143
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar