“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:09
ЎЗO‘Z

“Real Madrid” vakillari Toshkentda (foto)

22 мая, 21:52 4 374 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Real Madrid” vakillari Toshkentda (foto) Xabaringiz bor, 2018 yilning yanvar oyida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol federatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, "Real Madrid" klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

Ushbu kelishuvga asosan bugun 22 may kuni yurtimizga “Qirollik klubi” akademiyasining menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablolar tashrif buyurishdi.

“Real Madrid” akademiyasi menejerlari bilan MOQ prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu uchrashuvda "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish masalalari muhokama qilindi.

Umid Ahmadjonov Ispaniya futboli bugungi kunda butun jahonda o‘z o‘rniga ega ekanligi, O‘zbekistonda ham Ispaniya futboli andozalari asosida ish olib borish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Shuningdek, “Real Madrid” akademiyasidan tashrif buyuradigan mutaxassislar uchun O‘FA tomonidan barcha shart-sharoitlar muhayyo qilinishi, asosiy maqsad “Qirollik klubi” akademiyasi ish tajribasini o‘rganish, u yerda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yurtimizda futbolni rivojlantirish borasida tegishli maslahatlar olish ekani ta’kidlandi.

O‘z o‘rnida Andres Antonio O‘zbekistonga tashrif buyurganidan juda xursand ekanini, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda, bu yerda futbolning rivojiga hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.

Uchrashuv oxirida Andres Antonio Umid Ahmadjonovga o‘zaro hamkorlik belgisi sifatida “Real Madrid” klubi futbolkasini taqdim qildi. O‘z o‘rnida Umid Ahmadjonov ham Andres Antonio va Xuan Pabloga O‘FAning esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Ertaga ispaniyalik mutaxassislar “Bunyodkor” klubi stadioniga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishishadi. Shuningdek, soat 11:00da ular ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil qilinishi rejalashtirilgan.






Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar