“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 11:34
ЎЗO‘Z

Messi 5-marta “Oltin butsa” sohibiga aylandi

21 мая, 13:26 4 060 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Messi 5-marta “Oltin butsa” sohibiga aylandi “Barselona” hujumchisi Lionel Messi joriy mavsum yakunlariga ko‘ra ikkinchi marta Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Messi joriy mavsumda maydonga tushgan 36 ta o‘yinda 34 ta golga va 12 ta golli pasga mualliflik qilgan. Messi bu borada “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni (26 ta gol) ortda qoldirdi. 3-o‘rinni “Barsa”ning yana bir vakili – Luis Suares 25 ta gol bilan egalladi.

Aytib o‘tish joiz, Leo qatorasiga ikkinchi marta Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari nomiga erishdi. Avvalgi mavsumda u 37 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Messi shu tariqa Yevropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purari uchun topshiriluvchi “Oltin butsa” sohibiga aylandi. U 68 ochko to‘plab, “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohdan o‘tib ketdi. Saloh hisobida Angliya chempionatining 36 ta o‘yinida urilgan 32 ta gol bor. 3-o‘rinni Harri Keyn egalladi (APLning 37 o‘yinida 30 ta gol).

Messi avval bu mukofotga 2010, 2012, 2013 va 2017 yillarda sazovor bo‘lgan.

“Oltin butsa” reytingida urilgan to‘plar soni chempionatning tegishli koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi. Yetakchi 5 chempionatda urilgan gollar 2 ochko bilan baholanadi.

Quyida 2017/2018 yillardagi mavsum bo‘yicha yetakchi to‘purarlar o‘ntaligi keltirilgan:

1. Lionel Messi (“Barselona”) — 34 gol (68 ochko);
2. Muhammad Saloh (“Liverpul”) — 32 (64);
3. Harri Keyn (“Tottenxem Xotspur”) — 30 (60);
4. Robert Levandovski (“Bavariya”) — 29 (58);
5. Chiro Immobile (“Latsio”) — 29 (58);
6. Mauro Ikardi (“Inter”) – 29 (58);
7. Edinson Kavani (“PSJ”) – 28 (56);
8. Krishtianu Ronaldu (“Real”) – 26 (52);
9. Jonas (“Benfika”) – 34 (51);
10. Luis Suares (“Barselona”) – 25 (50).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 0
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 194
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 125
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 109
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 85
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 77
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 0
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 1
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 0
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 5
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 50
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 20
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Bo‘limlar