“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 12:10
ЎЗO‘Z

Ertaga Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev prof boksdagi 2-jangini o‘tkazadi

21 apr, 16:53 4 430 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ertaga Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev prof boksdagi 2-jangini o‘tkazadi Foto: «Olamsport»
Rio-2016 Olimpiadasi sovrindorlari, Shahram G‘iyosov hamda Murodjon Ahmadaliyevlarning professional ringdagi ikkinchi janglarini o‘tkazishi haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Shahram G‘iyosov professional ringdagi ikkinchi jangini vengriyalik Gabor Gorbisga qarshi o‘tkazsa, Murodjon Ahmadaliyev esa ikkinchi jangida amerikalik Jorj Ruizga qarshi ringga chiqadi.

Ikkala jang ham ertaga, 22 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Janglar Toshkent vaqti bilan tong soat 06:00 da boshlanadi. Janglarga Bruklindagi Kings Theatre arenasi mezbonlik qiladi.

«Olamsport»ning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonlik ikkala bokschining jangi Sport-TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etadi.

Ma’lumot uchun G‘iyosovning raqibi Gabor Gabor bungacha prof ringda 34 ta jang o‘tkazgan va shularning 24 tasida g‘alaba qozongan (14 tasi nokaut). 10 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (4 tasi nokaut). Shahram esa professional boksdagi debyutini 10 mart kuni nishonlagan va o‘shanda raqibini bir necha soniya ichida nokautga uchratgandi.

Ahmadaliyevning raqibi Jorj Ruiz esa bungacha 14 ta jang o‘tkazgan va ularning 11 tasida (5 ta nokaut) g‘alaba qozongan. 3 ta jangda esa (1 ta nokaut) mag‘lubiyatga uchragan.​ Murodjon xuddi Shahram kabi 10 mart kuni prof ringda debyut qilgan va birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 45
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 558
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 175
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 254
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 94
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 575
  • So'nggi yangiliklar
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 11
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 25
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 37
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 155
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 34
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 58
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 45
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 123
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 558
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 118
  • Bo‘limlar