«Lokomotiv» futbol klubi rahbariyati Mirko Elichichni rasman bosh murabbiy etib tayinladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mirko Elichich bungacha asosiy tarkib murabbiylar shtabida ishlab kelayotgandi. Elichichga murabbiylar shtabida Andrey Miklyaev yordam beradi. Darvozabonlar bilan esa odatdagidek Pyotr Gizimchuk ishlaydi.
Serb millatiga mansub mutaxassis ayni paytda uyida dam olmoqda. Uning 9 dekabr kuni Toshkentga qaytib kelishi kutilmoqda. Jamoa 16 dekabrdan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Vadim Abramov oktyabr oyining o‘rtalarida iste’foga chiqarilgandi.