“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:01
ЎЗO‘Z

Branko Ivankovich: "Guruhimizda 12 ochko jamg‘argan jamoa ham keyingi bosqichga chiqa olmasligi mumkin"

01 apr, 21:01 3 533 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Branko Ivankovich: "Guruhimizda 12 ochko jamg‘argan jamoa ham keyingi bosqichga chiqa olmasligi mumkin" Osiyo chempionlar ligasi 5-tur doirasidagi “Nasaf” hamda Eronning “Persepolis” jamoalari o‘rtasida, ertaga bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Persepolis” jamoasi bosh murabbiyi Branko Ivankovich va jamoaning 15-raqamadgi himoyachisi Muhammad Ansorilar ishtirok etishdi.

Branko Ivankovich:- Assalomu alaykum hurmatli jurnalistlar. Avvalom bor “Nasaf” klubi rasmiylariga bizni juda yaxshi kutib olishgani uchun minnatdorchiligimni bildiraman.

Ertaga bo‘ladigan o‘yin har ikkala jamoa uchun juda muhim hisoblanadi. Ertaga juda qiziqarli uchrashuv bo‘lishi kutilmoqda. “Nasaf” hozirgi paytda yaxshigina jismoniy barqaror jamoa. O‘zaro bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvimizdagi mag‘lubiyatga uchraganiga asosiy sabab, u paytda mamlakatingizda milliy chempionat boshlanmagan edi. Endi raqibimiz ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega. Shuning uchun ertaga raqibimiz umuman kuchli o‘yin ko‘rsatishini oldindan taxmin qilish mumkin. Shuningdek raqibimiz ertaga guruh bosqichidagi imkoniyatini yaxshilab olish uchun ham harakat qiladi.

Guruhimizdagi vaziyat shundayki, hatto 12 ochko jamg‘argan jamoa ham guruh bosqichidan chiqa olmasligi mumkin. Avvallari 9 ochko bilan bemalol guruh bosqichidan chiqsa bo‘lar edi.

Biz raqibimizni endi avvalgidan yaxshiroq bilamiz. Jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyev juda ajoyib jamoa tuza olgan. Jamoa tez va qisqa to‘p oshirishlar bilan o‘ynaydi.

Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, “Nasaf”ning muxlislari stadionda juda ajoyib muhit yarata olishadi. Murabbiy sifatida bu holat men uchun juda yoqimli.

Biz bu o‘yinga bitta yo‘qotish bilan keldik, diskvalifikatsiya tufayli himoyachimiz Shoja Xalilzoda bizga yordam bera olmaydi.

Qarshiga kelishdan avval ikki uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradik. Ammo biz bu o‘yinlarda mag‘lubiyatga xos o‘yin ko‘rsatmadik, bizda omad ham yetishmadi. Oxirgi o‘yindagi mag‘lubiyatimizga sabab, terma jamoada ishtirok etgan o‘yinchilarimiz safimizga kechroq qo‘shilgani bo‘ldi. Ularning xizmatidan biz foydalana olmadik.

“Nasaf” tarkibidagi bironta o‘yinchini alohida ko‘rsatmoqchi emasman. Jamoada kuchli futbolchilar yig‘ilishgan. Shuningdek jamoaning bir qancha futbolchilari mamlakatning turli terma jamoalarida o‘ynashadi. “Nasaf” O‘zbekistonda eng zamonaviy o‘yin ko‘rsatadigan jamoa hisoblanadi.

Jamoa Qatarda yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsada, jamoaning ko‘rsatgan o‘yini bu hisobga mos emas edi.

Meni O‘zbekistonga bosh murabbiylikka taklif to‘g‘risida? Odatda yaxshi faoliyat yuritayotgan murabbiyga har qanday rasmiy va norasmiy takliflar bo‘lib turadi. Ammo menga O‘zbekiston tomonidan bosh murabbiylikka rasmiy taklif bo‘lgani yo‘q.

Muhammad Ansori: - Avvalom bor assalomu alaykum. Ertaga chiroyli va qiziqarli uchrashuv bo‘ladi. Ertaga bo‘ladigan o‘yin oldidan raqibimizni juda yaxshi urgandik, biz guruhimizdagi barcha jamoalarni hurmat qilamiz. Maqsadimiz guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlash. Ertaga bo‘ladigan uchrashuvda barchaga omad tilayman.

Milliy chempionatimizdagi ketma-ket mag‘lubiyatlar bizga hech qanday ruhiy ta’sir qilgan emas. Biz o‘yinga to‘liq tayyormiz.

Manba: www.fcnasaf.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 79
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 67
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 194
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar