“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:00
ЎЗO‘Z

Messi Neymarga maslahat berdi

25 mar, 18:25 3 853 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Messi Neymarga maslahat berdi “Barselona” hujumchisi Lionel Messi sobiq jamoadoshi, ayni vaqtda “PSJ” a’zosi bo‘lgan Neymarga “Manchester Siti” safiga o‘tishni maslahat qilgan. Don Balon manbasi ma’lumotiga ko‘ra, u braziliyalik futbolchiga “Real”ning taklifini qabul qilmaslik kerakligini aytgan.

Qayd etilishicha, Messi kataloniyaliklar jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Manchester Siti”da olib borayotgan ishlardan katta taassurot hosil qilgan. Uning fikricha, Neymarga ushbu jamoa o‘yini mos keladi.

O‘tgan haftada OAVda Neymar parijliklar klubi rahbariyatiga ultimatum qo‘ygani, agar jamoadagi haftalik maoshi miqdori 1,1 million yevroga oshirilmasa, klubdan ketishini aytgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Shuningdek, u o‘zini baxtsiz his qilayotgani sababli “Barselona”ga qaytish istagida ekani aytilgandi.

“Real” esa uni qo‘lga kiritish uchun ancha vaqtdan buyon harakat qilib kelmoqda.

Hozirda 26 yoshli ushbu futbolchi fevral oyida Fransiya chempionatida olgan jarohatini davolash bilan band. U tovonidan olgan jarohatini may oyi oxirigacha tuzatib, safga qaytishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Neymar “PSJ” safida barcha turnirlar doirasida 30 o‘yinda maydonga tushib, 29 gol urgan va 3 golga uzatma bergan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar