“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 15:51
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev futbolni rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi

14 mar, 22:49 4 877 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev futbolni rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi Bugun, 14 mart kuni Fransiya futbol federatsiyasi Prezidenti mahkamasi boshlig‘i janob Kenni Jan Mari va Texnik direktor o‘rinbosari Lyudovik Debryu O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Bu haqda O‘FA axborot xizmati xabar berdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasida fransiyalik yuqori martabali mehmonlarni Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov qabul qilishdi.

— Fransiya dunyodagi futboli rivojlangan mamlakatlardan biri. Shu sababli O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida Fransiya bilan hamkorlik qilish biz uchun juda muhim. O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun hukumat darajasida e’tibor qaratilmoqda, — dedi mehmonlarni kutib olar ekan Umid Ahmadjonov. — Mana bugun Siz aziz mehmonlarning poyqadami qutlug‘ kelib, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi.

Endilikda yurtimizda futbolni, umuman, sportni rivojlantirishning yangi tizimi barpo etiladi. Buning uchun Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birgalikda ish olib boradi. Biz ishni bog‘chalardan boshlamoqchimiz. Bolajonlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish orqali turli sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish bosh maqsadimiz. Keyin maktab - Olimpiya zaxiralari kolleji – institut tizimida ish olib boriladi. Maqsadimiz sportni, futbolni yuqori bosqichga olib chiqish va yurtimizdan olimpiya va jahon chempionlari chiqishini ta’minlashdan iborat, — dedi Umid Ahmadjonov.

Fransiya futbol federatsiyasi bilan yaqin hamkorlik qilish o‘zbek futboli uchun katta manfaat keltirishiga ishonchim komil. Yurtimizda futbol akademiyalari yangi tizim asosida faoliyat yuritadi. Mazkur akademiyalarda fransiyalik murabbiylar ish olib borishiga yordam bersangiz, boshimiz osmonga yetgan bo‘lardi. Bundan tashqari, Fransiyadagi kuchli mutaxassislarni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga ishga taklif etishda ham amaliy yordam ko‘rsatishingizni istaymiz. Ular O‘FAda ish olib borib, o‘zbek futbolini yuqori bosqichga olib chiqishda o‘z hissalarini qo‘shishsa, Sizdan cheksiz minnatdor bo‘lamiz”, - dedi Umid Ahmadjonov.

O‘z o‘rnida Fransiya futbol federatsiyasi Prezidenti mahkamasi boshlig‘i Janob Kenni Jan Mari O‘zbekistonga tashrif buyurganidan juda mamnun ekanini aytib o‘tdi.

“Siz bilan Fransiyada uchrashganimizda O‘zbekistonga borishga va’da bergandik. Mana, va’damning ustidan chiqib, yurtingizga tashrif buyurdik. O‘zbekistonda iqtidorli futbolchilar juda ko‘p ekanini yaxshi bilamiz. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritgani bejiz emas. Ana shu iqtidorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish orqali mamlakatingiz futbolda katta natijalarga erishishi mumkin. Siz yuqorida Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi birgalikda ish olib borishi borasida gapirib o‘tdingiz. Bu juda to‘g‘ri yo‘l. Fransiya ham 40 yil avval mana shu yo‘lni tanlagan. Fransiya futboli ushbu darajaga yetib kelguniga qadar katta yo‘lni bosib o‘tdi. Xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi.

Maqsadimiz, o‘zimizning rivojlanish bosqichimiz bo‘yicha tajribamiz bilan o‘rtoqlashish. Buning uchun avval yurtingizdagi futbol bo‘yicha umumiy holat bilan yaqindan tanishishimiz kerak. Keyin xulosa qilib, o‘z takliflarimizni beramiz. Buning uchun janob Lyudovik Debryu O‘zbekistonda menga qaraganda ko‘proq qolib, vaziyat bilan yaqindan tanishadi. Superliga uchrashuvlarini stadiondan tomosha qiladi. Stadionlar, infratuzilmalarni ko‘zdan kechiradi. Keyin o‘zimizning amaliy maslahatlarimizni berishga harakat qilamiz”, - dedi Janob Kenni Jan Mari.

Fransiya futbol federatsiyasi vakillari ertaga O‘FAda marketing bo‘yicha yurtimizdagi mutaxassislar uchun seminar o‘tkazishlari rejalashtirilgan. Keyin esa “Bunyodkor” stadioniga borib, u yer bilan yaqindan tanishishadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 1
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 0
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 67
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 624
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 193
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 274
  • So'nggi yangiliklar
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 1
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 0
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 0
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 17
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 57
  • O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi 01 мая, 12:44 22
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 162
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 177
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 121
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 41
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 86
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 69
  • Bo‘limlar