“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:30
ЎЗO‘Z

Xavi ertaga "Nasaf"ga qarshi o‘ynaydimi?

13 mar, 00:12 5 120 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xavi ertaga "Nasaf"ga qarshi o‘ynaydimi? Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" klubi ertaga OChL 4-turi doirasida Qatarda "Al Sadd" mehmoni bo‘ladi. Bugun mazkur jamoalar o‘rtasidagi bahs oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar ustozi Jezualdo Ferreyra hamda futbolchi Bag‘dod Bunedjalar ishtirok etishdi.

"Ertaga nihoyatda qiyin o‘yin o‘tkazamiz. O‘zbekistondagi o‘yindan so‘ng "Umm Salal"ga qarshi qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Ichki chempionatda bizga yaxshigina bosim bor. Ertangi o‘yinda "Umm Salal"ga qarshi o‘ynay olmagan futbolchilarimiz jamoaga yordam bera olishadi. "Nasaf"ni mag‘lub etish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Futbolda g‘alaba yoki mag‘lubiyat haqida avvaldan nimadir deb bo‘lmaydi. Ertaga g‘alaba uchun o‘z o‘yinimizni namoyish etamiz. Bu o‘yin Qarshidagi uchrashuvdan tubdan farq qiladi. "Al Sadd" bu o‘yinda "Nasaf"dan kuchliroq. Sababi, "Persepolis"ga qarshi o‘yinda bo‘lgani kabi o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘ynaymiz, qaytaraman bu o‘yinda muxlislar madadi bizga zarur. Xavi ertaga "Nasaf"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Ammo bu haqda aniq bir nima deya olmayman, lekin aniq aytadiganim, eronlik futbolchimizning ertaga bizga yordam bera olmasligidir... Bu jamoa uchun katta yo‘qotish", - deb aytib o‘tdi Ferreyra.

Shundan so‘ng Bunedja ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ertaga har ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi o‘yinlardan biri sanaladi. Har ikki klub ham g‘alaba uchun maydonga tushadi. Bizning bor e’tiborimiz o‘yinga qaratilgan. Jismoniy va ruhiy jihatdan o‘yinga tayyormiz. Ichki chempionatdagi sovrin "qulogini ushlab ketdi. Endi bor e’tibor OChLga qaratiladi. Biz futbolchilar o‘zaro gaplashib oldik, "Nasaf"ni yutish - yagona yo‘limizdir", - deb aytib o‘tdi Bunedja.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 262
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar