“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 00:29
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonlik uch nafar og‘ir atletikachi JChda sovrindorlar qatoriga kira olmadi

23 noya, 16:06 5 468 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonlik uch nafar og‘ir atletikachi JChda sovrindorlar qatoriga kira olmadi

AQShning Xyuston shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida to‘rtta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, erkaklar o‘rtasida vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar musobaqasida barcha sovrinli o‘rinlar Osiyo vakillariga nasib etdi. KXDR vakili Om Yun Chol umumiy 302 kg natija (dast ko‘tarishda — 131 kg, siltab ko‘tarishda — 171 kg) bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, xitoylik sportchi ikkinchi, Vetnam terma jamoasi a’zosi esa uchinchi bo‘ldi.

O‘zbekistonlik Adhamjon Ergashev ishtirok etgan vazni 62 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar musobaqasida xitoylik Chen Lijun dast ko‘tarishda 150 kg, siltab ko‘tarishda esa 183 kg toshni o‘ziga bo‘ysindirdi va ikkikurash yakunlariga ko‘ra 333 kg natija bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Dast ko‘tarishda 122 kg, siltab ko‘tarishda esa 156 kg toshni o‘ziga bo‘ysundira olgan Adhamjon Ergashev umumiy 278 kg ko‘rsatkich bilan 22-o‘rinni egalladi.

Xotin-qizlar musobaqasida ham ikki vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekistonlik Marina Sisoyeva hamda Lola Qodirova vazni 53 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida ishtirok etgan. G‘oliblikni Xitoy Taypeyi vakilasi dast ko‘tarishda 96 kg, siltab ko‘tarishda esa 125 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, ikkikurash yakuniga ko‘ra 221 kg natijani qayd etdi.

Marina Sisoyeva dast ko‘tarishda 88 kg, siltab ko‘tarishda esa 112 kg natija qayd etib, ikkikurash yakuniga ko‘ra 200 kg ko‘rsatkich bilan 7-o‘rinni egalladi. Ushbu vazn toifasining «B» guruhida ishtirok etgan Lola Qodirova umumiy 183 kg natija (84 kg – 99 kg) bilan 21-o‘rinni band etdi.

Xotin-qizlar o‘rtasida 48 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda xitoylik sportchi g‘alaba qozondi. Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

 

Manba: Daryo.uz





Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 93
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 157
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Bo‘limlar