“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:15
ЎЗO‘Z

OCHL-2018. “Lokomotiv” Qatardan quruq qaytdi

06 mar, 23:21 4 129 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OCHL-2018. “Lokomotiv” Qatardan quruq qaytdi OCHL-2018 guruh bosqichining 3-turida “Lokomotiv” safarda Qatarning “Ad-Duhayl” klubi mehmoni bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda O‘zbekiston chempionini tanib bo‘lmadi. “Lokomotiv” 25 daqiqa ichida 3 ta (!) to‘p o‘tkazib yubordi. El-Arabiy (ikki marta) va Msakniy himoyachilarning qo‘pol xatolaridan foydalanib, toshkentliklar darvozasini osonlikcha ishg‘ol etishdi.

Ikkinchi bo‘limda “Lokomotiv” biroz jonlandi. 57-daqiqada Nivaldo va 59-daqiqada Bikmayevning gollari evaziga hisobdagi farq bittaga qisqardi. Shundan so‘ng, “temiryo‘lchilar” loaqal 1 ochko olish maqsadida ko‘plab hujumlarni uyushtirishdi. Biroq, ularning hech biri o‘z samarasini bermadi.

Guruhning yana bir o‘yinida Eronning “Zob Ohan” klubi “Al-Vahda”ni 2:0 hisobida yengdi.

Natijada, 3-tur o‘yinlaridan so‘ng, “Lokomotiv” guruhda 3 ochko bilan 3-o‘ringa tushib ketdi. “Ad-Duhayl” hisobida 9, “Zob Ohan” hisobida 6 ochko bor. “Al-Vahda” birorta ochko to‘plamagan.

OCHL-2018. Guruh bosqichi, 3-tur
6 mart. Doha. “Abdulloh bin Halifa” stadioni

Ad-Duhail (Qatar) – Lokomotiv (O‘zbekiston) - 3:2
Gollar:
Yusuf El Arabi (9, 19), Yusuf Msakni (24) - Nivaldo (58), Marat Bikmayev (59)

Ad-Duhail: 40.Amin Lekomt, 22.Murod Naji, 4.Lukas Mendes, 18.Sulton Al Brake, 2.Muhammad Musa, 28.Yusuf Msakni, 10.Nam Te Xi, 8.Luiz Junior, 12.Karim Budiaf (15.B. Alravi, 72), 19.Almuaz Ali (7.Ismoil Muhammad, 69), 9.Yusuf El Arabi

Lokomotiv: 1.Ignatiy Nesterov, 22.Sanjar Shoahmedov, 33.Oleg Zoteyev, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 7.Sadriddin Abdullayev (77.Diyor Turopov, 57), 27.Sardor Rashidov (19.Husniddin G‘ofurov, 80), 15.Sardor Mirzayev (6.Nivaldo, 56), 5.Kaxi Maxaradze, 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev

Ogohlantirishlar: Sulton Al Brake 12, Marat Bikmayev 41, Diyor Turopov 89.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 2
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 102
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar