“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:40
ЎЗO‘Z

Ro‘ziqul Berdiyev: “Xavi kelmagani uchun biz ham Cheranni tarkibdan chiqarib tashladik”

05 mar, 21:21 4 509 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘ziqul Berdiyev: “Xavi kelmagani uchun biz ham Cheranni tarkibdan chiqarib tashladik” Bugun OCHLda 3-tur o‘yinlari start oldi. Bundan biroz oldin yakuniga yetgan bahsda Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Qatarning “Al Sadd” jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va Sanjar Quvvatovlar ishtirok etishdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlar bu muvaffaqiyat uchun 90 daqiqa borlarini berib o‘ynashdi. Biz futbolchilarni kuchli raqibga qarshi ruhan tayyorlay oldik va ular iroda namoyish etishdi.

Bayram bo‘lishi kerak edi va shu bayram bo‘ldi ham. Bu yutuq uchun muxlislarimizga alohida rahmat.

Cheranning o‘ynay olmasligi albatta jiddiy yo‘qotish bo‘ldi, ammo yigitlarga tayinladim, ularni ruhan tayyorladik va ular bugungi o‘yinda sardorimizning yo‘qligini bilintirishmadi.

Bu turnir biz uchun, futbolchilarimiz uchun chinakam maktab hisoblanadi. Futbolchilarimizning bu tempda, bu darajada o‘ynay olganliklari yoqimli. Guruhda kuchli raqiblar bor. Barcha jamoalarda imkoniyat yaxshi, menimcha guruhdagi jamoalar orasida bugungi raqib kuchliroq edi.

Bu o‘yin tempini ushlab qola olamizmi? Bu qiyin, bugungi o‘yinda ishtiyoq yuqori bo‘ldi, aniq bilamanki, bizdayam pasayish bo‘ladi, sababi, tarkibimiz tor.

Xavi kelmagani uchun biz ham Cheranni chiqardik tarkibdan
(zalda kulgu)", - deb aytib o‘tdi Berdiyev.

Sanjar Quvvatov ham o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi g‘alaba bilan barchani tabriklayman va bizni tinimsiz qo‘llab quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirib o‘taman”, - deb o‘z fikrini yakunladi Quvvatov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 43
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 108
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 45
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar