“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 16:08
ЎЗO‘Z

Oliy Liga so‘nggi turida «Andijon» darvozasiga 6 ta gol urgan «Paxtakor» 11-marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

21 noya, 22:04 5 474 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy Liga so‘nggi turida «Andijon» darvozasiga 6 ta gol urgan «Paxtakor» 11-marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi 30-turi doirasida 21 noyabr, shanba kuni «Paxtakor» — «Andijon» va «Navbahor» — «Lokomotiv» uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. «Uff.uz» xabariga ko‘ra, mavsumdagi so‘nggi o‘yinlarda futbol bo‘yicha 2015 yilgi O‘zbekiston chempioni nomi aniqlandi.

«Paxtakor» o‘z maydonida «Andijon» darvozasiga javobsiz oltita gol kiritdi va chempionlikni tantana qildi. Bu «Paxtakor» tarixidagi 11-chempionlik bo‘ldi.

Ushbu uchrashuvda hujumchi Igor Sergeev ikkita gol urib, jami 23 gol bilan Oliy Liga—2015 to‘purariga aylandi.

«Lokomotiv» esa «Navbahor» maydonida 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda «Navbahor» 2:1 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo so‘nggi daqiqalarda gollar o‘tkazib yubordi.

«Qiziq tomoni, ‘Lokomotiv’ning ikkinchi goli 90+1-, uchinchi goli esa 90+2-daqiqada kiritildi», — deb yozadi «Uff.uz».

Oliy Liga—2015
30-tur uchrashuvlari

«Paxtakor» (Toshkent) — «Andijon» 6:0
Gollar: Masharipov (15), Sohibov (41), Krimes (45+1), Sergeev (72-pen., 84), Soliev (86-pen.).

«Navbahor» (Namangan) — «Lokomotiv» (Toshkent) 2:3
Gollar: Valijonov (52), Shixov (68) — Abduxoliqov (44), To‘raev (90+1), Mamazulunov (90+2).


Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 162
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 87
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 267
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 96
  • So'nggi yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 80
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 158
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 84
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 44
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 297
  • Bo‘limlar