“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 22:54
ЎЗO‘Z

Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o‘z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”

18 fev, 17:15 4 083 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o‘z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi” Endilikda Superliga va Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib boriladi.

Test-sinovlari maxsus innovatsion texnologik vositalar orqali o‘tkazilayotgan bo‘lib, shu paytga qadar Superliganing 6 klubi normativlarni topshirishga ulgurdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov normativlarni futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilib borish muntazam ravishda amalga oshirilib, bu jarayon terma jamoa foydasiga ishlashini aytib o‘tdi.

Ahmadjonov assosiatsiya Matbuot xizmatiga intervyu berar ekan 40 nafarga yaqin futbolchi normativlardan o‘ta olishmaganini va futbolchilar o‘z ustilarida ishlashmasa, belgilangan litsenziyalarni olishmasligini ta’kidladi.

“Futbolchilarning jismoniy holatini doimiy ravishda nazorat qilib borish maqsadida ulardan normativlar qabul qilish amaliyotini o‘zbek futboli tarixida birinchi marta yo‘lga qo‘ydik.

Superliga klublari o‘tgan yil dastlabki normativlarni topshirishgan va natijalar ancha salbiy chiqqandi. O‘shanda barcha klublardagi futbolchilarga fevral oyigacha muhlat berilib, yangi mavsum boshlanishidan avval ulardan yana bir bor normativlar qabul qilinishi e’lon qilingandi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari futbolchilardan ikkinchi normativlarni qabul qilishni boshlab yuborishdi. Hozirgacha 6 ta klub futbolchilari normativlar topshirishdi.

Birinchi normativlar bilan ikkinchi normativlar natijalarini solishtirganda 30-40 ga yaqin futbolchining natijalarida ijobiy tomonga o‘zgarish bo‘lmaganini ko‘rish mumkin.

Agar futbolchilar o‘z ustilarida ishlashmasa, jismoniy holatlarini yaxshilab borishmasa, belgilangan litsenziyalarni olishmaydi. Har bir futbolchining jismoniy holati va natijalarini shaxsan o‘zim nazorat qilib boryapman.

Terma jamoalarimiz Xalqaro maydonlarda natija ko‘rsatishini, Olimpiada va Jahon chempionatlariga yo‘llanma olishini istasak, birinchi navbatda, futbolchilarimizning jismoniy holatini yaxshilashimiz zarur”, - deydi Umid Ahmadjonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umid Ahmadjonov O‘zbekistonda sport tizimini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlab o‘tgandi.
Umid Ahmadjonov, Futbolchi, Superliga




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 288
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 137
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • Bo‘limlar