“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 07:45
ЎЗO‘Z

«Shahrisabz vino-aroq» haydovchisi sambo bo‘yicha Isroilda o‘tgan jahon chempionatida birinchi bo‘ldi

20 noya, 10:53 5 742 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Shahrisabz vino-aroq» haydovchisi sambo bo‘yicha Isroilda o‘tgan jahon chempionatida birinchi bo‘ldi

«Shahrisabz vino-aroq» kompaniyasida haydovchi bo‘lib ishlovchi 38 yoshli Murodulla Nazarov Isroilning Ashdod shahrida tashkil etilgan sambo bo‘yicha faxriy-ustalar o‘rtasidagi jahon chempionatida 35—39 yoshlilar toifasida va 62 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda «Qashqadaryo» gazetasi xabar bermoqda.

«Shahrisabz vino-aroq» kompaniyasi homiyligida musobaqaga yo‘l olgan Murodulla Nazarov finalgacha Gresiya, Litva va Qozog‘iston polvonlarini, hal qiluvchi bahsda esa rossiyalik sportchini mag‘lub etdi. «Uning sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi va Davlat bayrog‘i ko‘tarildi», — deyiladi gazeta xabarida.

Qayd etishlaricha, musobaqada jahonning 24 mamlakatidan 267 nafar sportchi qatnashgan. O‘zbekiston sharafini sakkiz nafar sportchi himoya qilib, Nazarovdan tashqari, qamashilik Baxtiyor To‘raev 55—59 yoshlilar toifasida va 100 kilogrammdan yuqori vazn toifasida oltin medal egasiga aylangan, yana ikki o‘zbekistonlik sportchi sovrindor bo‘lgan.

Jahon chempionatidagi g‘alabasini otasi — Shahrisabz paxta zavodi ishchisi Zulfiqor Nazarovga bag‘ishlagan Murodulla Nazarov sambo bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, jangovar sambo, dzyudo va kurash bo‘yicha sport ustasi hisoblanadi. U sambo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston va Osiyo chempionatlarida bir necha bor g‘olib chiqqan, jangovar sambo bo‘yicha Jahon kubogi va Rossiyada tashkil etilgan xalqaro musobaqalarda sovrindor bo‘lgan.

«Shahrisabz vino-aroq» kompaniyasi haydovchisi 2016 yili sambo bo‘yicha faxriy-ustalar o‘rtasida Xorvatiya o‘tkaziladigan jahon chempionatida qatnashish bilan cheklanmoqchi emas. «Orzuim — dzyudo bo‘yicha faxriy-ustalar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish», — dedi Murodulla Nazarov.


Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 65
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 64
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 161
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 21
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Bo‘limlar