“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:26
ЎЗO‘Z

Terma jamoaga Ravshan Haydarov vaqtincha bosh murabbiy bo‘ladi

07 fev, 11:45 4 289 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Terma jamoaga Ravshan Haydarov vaqtincha bosh murabbiy bo‘ladi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov O‘zbekiston milliy terma jamoasini ham boshqaradi. Bu haqda Tribuna.Uz manbasi xabar berdi.

Gap shundaki, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush bilan muzokaralar olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yozda Eron terma jamoasi bilan shartnomasi nihoyasiga yetadigan Keyrush O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish uchun og‘zaki rozilik bergan. Hozircha rasmiy kelishuv imzolanmagan bo‘lsada, murabbiy JCh-2018 musobaqalaridan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruviga kelishi kutilmoqda.

Aynan shu sababdan ham O‘FA oldin belgilanganidek yanvar yoki fevral oyidayoq xorijlik murabbiy olib kelish variantidan voz kechgan. Endilikda jamoani Ravshan Haydarov vaqtinchalik murabbiy sifatida boshqaradi. Haydarov O‘zbekiston terma jamoasining 27 mart kungi Marokash va 18 may kuni Eron terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarida bosh murabbiy sifatida ishlaydi.

Bu Ravshan Haydarovning O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga uchinchi bor kelishi bo‘ladi va u bu borada mutlaq rekord o‘rnatadi. Ravshan Haydarov bundan oldin ikki marta terma jamoaga bosh murabbiy qilib tayinlangan — 2002 va 2005 yillarda.

2002-2004 yillardagi faoliyati davomida, Ravshan Haydarov terma jamoa bilan Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionati chorak finaligacha yetib borib, penaltilar seriyasida Bahraynga yutqazgan. Shundan so‘ng, JCh-2006 saralashining 1-bosqichida Iroq, Falastin va Xitoy Taypeyi to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tgan.

2005 yilda, JCh-2006 saralashining 2-bosqichini terma jamoa germaniyalik mutaxassis Hayns-Yurgen Gyode qo‘l ostida boshlagan. Ammo Kuvayt (1:2) va Janubiy Koreyadan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, uning javobi berib yuborilgan. Terma jamoa esa yana Ravshan Haydarovga qaytarilgan.

Haydarovning ikkinchi qaytishi avvalgiga nisbatan juda qisqa bo‘ldi. Uning qo‘l ostida jamoa ikkita o‘yin o‘tkazib, Janubiy Koreya (1:1) bilan durangga erishgan va safarda Saudiya Arabistoniga (0:3) yirik hisobda yutqazgan. Shundan so‘ng, terma jamoaga angliyalik Robert Houton bosh murabbiy bo‘lgan.

Umumiy hisobda, Ravshan Haydarov qo‘l ostida O‘zbekiston terma jamoasi 25ta o‘yin o‘tkazib, 13 marta g‘alaba qozongan, 6 marta durang o‘ynagan va shuncha marta yutqazgan. Uning ishtirokidagi o‘yinlarda to‘plar nisbati — 45:30.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Bokschilarimiz Rossiyadagi turnirda 7 ta oltin va 9 ta kumush medallarni qo‘lga kiritishdi 18 мая, 19:19 227
  • O‘zbekiston kubogi. 1/8 final bosqichiga 29 may kuni qur’a tashlanadi 18 мая, 18:59 93
  • Fil Foden APLning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi 18 мая, 16:43 61
  • Madrimov—Krouford oqshomida Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tariladi 18 мая, 09:05 132
  • Xavi eng katta xatosini tan oldi 18 мая, 08:11 229
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 78
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 186
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 237
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 111
  • Bo‘limlar