“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:03
ЎЗO‘Z

Ro‘ziqul Berdiyev: "Osiyo chempionlari «Al Faysaliy»ga qarshi maydonga tusha oladi"

29 yanv, 13:28 5 361 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘ziqul Berdiyev: "Osiyo chempionlari «Al Faysaliy»ga qarshi maydonga tusha oladi" «Markaziy» stadionining anjumanlar zalida OChL-2018 pley-off doirasidagi «Nasaf» – «Al Faysaliy» uchrashuvi oldidan matbuot anjumanining dastlabki qismi bo‘lib o‘tdi. Unda Ro‘ziqul Berdiyev jurnalistlarning savollariga javob berdi.

«Ertaga bo‘ladigan o‘yinni, mavsum boshidagi o‘yin bo‘lganligi uchun, finalga tenglashtirgan bo‘lar edim. Biz ertaga guruh bosqichiga chiqish masalasini hal qilamiz. Buni juda xohlaymiz. Biz uchun mavsum ertaroq boshlanayapti. Bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlikni ertaroq boshladik. Shuningdek Turkiyada xorijiy o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil qildik. Yig‘in tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadimizga erishdik. Ertaga hamma futbol ishqibozlarining e’tibori bizga qaratiladi. Bu bizdan katta ma’suliyat talab qiladi. Bu ma’suliyatni hammamiz his qilib turibmiz. Yangi futbol mavsumini g‘alaba bilan boshlash ishtiyoqidamiz», — dedi Berdiyev.

Osiyo chempionatida ishtirok etgan futbolchilarimiz albatta bizga yordam berishadi. Bugun ular safimizga kelib qo‘shilishadi. O‘ylaymanki, ular yosh bo‘lganliklari uchun tezroq tiklanishadi va albatta bizga yordam berishadi.

Raqibimizni imkon qadar ko‘proq o‘rganib chiqdik. «Al Faysaliy» tarkibida asosan tajribali o‘yinchilar yig‘ilishgan. Demoqchimanki, yosh futbolchilar kamroq. FIFA tomonidan jazolangan futbolchilari o‘rnini, kuchli futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qilishdi va bunga erishishdi ham. «Al Faysaliy» jamoasi Iordaniyaning yetakchi klubi hisoblanadi. Raqibimizning olib boradigan o‘yinlari bilan futbolchilarimizni yaqindan tanishtirdik va bu borada ko‘rsatmalar ham berib borayapmiz.

Tarkibimizga bir qator yangi futbolchilarni qo‘shib oldik. Bundan xabarlaringiz bor. Biz yana o‘z safimizga yangi futbolchilarni qo‘shib olish rejamiz bor. Bu borada bizni klubimizning yangi rahbariyati ham qo‘llab-quvvatlayapti.

Ro‘ziqul Berdiyev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 263
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 180
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 396
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 184
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar