“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 10:24
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston milliy terma jamoasi KXDRni 3:1 hisobida mag‘lub etdi

12 noya, 21:12 6 719 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi KXDRni 3:1 hisobida mag‘lub etdi Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 noyabr, payshanba kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida KXDR terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi, deb yozmoqda Daryo nashri. Uchrashuv JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralash bahslari doirasida tashkil etildi.

Uchrashuvda hisob 2-daqiqada mehmonlar vakili Ri Xyok Chol tomonidan ochildi. Biroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi tezkor goldan o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va birinchi taym o‘rtalarida hisobni tenglashtirdi — 24-daqiqada Server Jeparovning qanotdan uzatgan pasini hujumchi Igor Sergeev boshi bilan Shimoliy Koreya darvozasiga yo‘lladi.

Ikkinchi taymda ustunlik to‘liq O‘zbekiston milliy terma jamoasi tomonidan bo‘ldi. Taym boshida zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Geynrix terma jamoaning maydondagi ustunligini hisobda aks ettirishga muvaffaq bo‘ldi — Sardor Rashidovdan to‘pni qabul qilib olgan hujumchi KXDR darvozabonini ustalik bilan dog‘da qoldirdi.

Uchrashuv asosiy vaqti yakunlanishiga uch daqiqa qolganida esa milliy terma jamoa sardori Odil Ahmedov yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1 va O‘zbekiston milliy terma jamoasi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabadan so‘ng «H» saralash guruhidagi ochkolari sonini 12 taga etkazib oldi. Guruhda peshqadamlikni saqlab qolgan KXDR hisobida 13 ochko bor, biroq koreyslar bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan.

Bosh murabbiy Samvel Babayan qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi o‘yinlarni 17 noyabr kuni safarda Yaman, 2016 yil 24 mart kuni Toshkentda Filippin, 29 mart kuni Bahrayn terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralash
«H» guruhi, 6-tur uchrashuvi

O‘ZBEKISTON — KXDR 3:1 (1:1)

Gollar: Igor Sergeev (23), Aleksandr Geynrix (65), Odil Ahmedov (87) — Ri Xyok Chol (2).
Ogohlantirishlar: Islom To‘xtaxo‘jaev (19), Sardor Rashidov (90) — Jong Il Gvan (45), Jon Kvang Ik (57), Jang Kuk Chol (77).

O‘ZBEKISTON: 21. Aleksandr Lobanov, 2. Egor Krimes, 4. Marat Bikmaev (15. Aleksandr Geynrix, 51), 5. Anzur Ismoilov, 7. Aziz Haydarov, 8. Server Jeparov (6. Jasur Hasanov, 75), 9. Odil Ahmedov, 10. Sardor Rashidov (14. Javohir Sohibov, 90+1), 11. Igor Sergeev, 19. Vitaliy Denisov, 20. Islom To‘xtaxo‘jaev.

KXDR: 1. Ri Myong Guk, 3. Jang Kuk Chol, 4. Ri Kum Chol, 7. Ri Xyok Chol (20. Kim Song Gi, 86), 9. Pak Kvang Ryong (10. An Vyong Jun, 35), 11. Jong Il Gvan, 12. Jon Kvang Ik, 13. Sim Xyon Jin, 15. Ri Yong Chol, 17. So Xyon Uk (14. So Kyong Jin, 79), 23. Ri Chol Myong.

HAKAMLAR: Alirizo Fag‘oniy, Rizo Suhandon, Muhammadrizo Mansuriy, Movud Bunyodifard (barchasi — Erondan).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 2
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • Bo‘limlar