“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 20:27
ЎЗO‘Z

Ravshan Haydarov: "Himoyada bexato o‘ynashga harakat qildik va buning uddasidan chiqdik"

12 yanv, 22:30 5 745 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ravshan Haydarov: "Himoyada bexato o‘ynashga harakat qildik va buning uddasidan chiqdik" O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Xitoyga qarshi (1:0) Osiyo chempionati “A” guruhi 2-tur uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida g‘alaba oson qo‘lga kiritilmaganini aytdi.

“Bugungi uchrashuvda qo‘lga kiritilgan 3 ochko uchun futbolchilarga rahmat. O‘yin oson kechgani yo‘q, ammo, himoyada yaxshi o‘yin namoyish qila oldik va raqibga gol urish uchun imkon bermadik deyish mumkin.

Raqib bugun yuqori saviyadagi jamoa ekanini isbotladi. Ular ikkinchi bo‘limda ko‘proq o‘yinni nazorat qila olishdi va ko‘p hujumlar uyushtira olishdi. Biz himoyadagi bexato o‘yin bilan ularning hujumlarini to‘xtata oldik”, – deydi Haydarov.

“Birinchi taymda gol urdik va bu o‘yinning borishiga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Ikkinchi taymda esa, raqibni qarshi hujumda ushlashga harakat qildik. Reja bo‘yicha o‘yin namoyish etdik, ammo vaziyatlar yarata olgan bo‘lsak ham, ulardan foydalana olmadik. Raqib bugun yaxshi o‘yin namoyish etdi va ularga buning uchun rahmat. Endi bugungi uchrashuvni tahlil qilib, Ummonga qarshi yanada jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz”, – deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston olimpiya termasi ustozi

Manba: www.the-uff.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 100
  • So'nggi yangiliklar
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 0
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 9
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 72
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 28
  • Bo‘limlar