“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 16:01
ЎЗO‘Z

«Manchester Yunayted» g‘alabani boy berdi

24 dek, 08:20 4 787 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Manchester Yunayted» g‘alabani boy berdi «Manchester Yunayted» Angliya premer ligasining 19-turi doirasida «Lester Siti»ga qarshi o‘ynadi. Lesterdagi «King Pauer — Uolkers» stadionida kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

O‘yin boshida Riyoz Mahrez to‘pni raqib jarima maydonida bo‘sh turgan Jeymi Vardiga uzatdi. Hujumchi esa osonlik bilan David De Xeani dog‘da qoldirdi. O‘yinning 40-daqiqasida Antoni Marsiyal chap qanotdan hujumga o‘tib Jessi Lingardga to‘pni uzatdi, uning zarbasi Xuan Mata orqali darvozaga borib tushdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Mata standart vaziyatdan «tulkilar» darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qildi. 74-daqiqada Daniel Amarti Markus Rashfordga ishlatgan qo‘polligi uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. 94-daqiqada Mark Olbrayton chap qanotdan darvozaning uzoq burchagi sohasiga pas uzatdi, to‘pga Garri Maguayer teginib qo‘ydi va hisob tenglashdi - 2:2.

«Manchester Yunayted» endilikda 42 ochko bilan ikkinchi o‘rinda va «Manchester Siti»dan 13 ochkoga ortda qolmoqda. «Lester» 27 ochkosi bilan sakkizinchi o‘rinda joylashgan.

Angliya chempionati
19-tur
Lester – Manchester Yunayted 2:2 (1:1, 1:1)

Gollar: 1:0 – 27 Vardi, 1:1 – 40 Mata, 1:2 – 60 Mata, 2:2 – 90 Maguayr.
Lester – Shmeyxel, Simpson (Amarti, 57), Morgan, Maguayr, Fuks, Ndidi, Iborra (Okadzaki, 67), Mahrez, Grey (Chiluell, 80), Olbrayton, Vardi.
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Smolling, Jons, Yang, Pogba, Matich, Mata (Mxitaryan, 83), Lingard (Errera, 76), Marsiyal (Reshford, 71), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Lindelef (34), Matich (47), Olbrayton (54), Amarti (69), Marez (81).
Chetlatish: Amarti (73).

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 181
  • U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi! 30 apr, 00:43 359
  • Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor" 30 apr, 00:32 355
  • Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda? 30 apr, 00:03 695
  • Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi? 29 apr, 23:06 462
  • O‘zbekiston U23 terma jamoasi Olimpiadada qaysi guruhdan joy oladi? 29 apr, 22:30 503
  • So'nggi yangiliklar
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 14
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 12
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 51
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 22
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 64
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 60
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 32
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 66
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 213
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 124
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 43
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 34
  • Bo‘limlar