“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:04
ЎЗO‘Z

OFK litsenziyasidan O‘zbekistonning to‘rtta klubi o‘ta olmadi

20 dek, 21:43 4 950 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OFK litsenziyasidan O‘zbekistonning to‘rtta klubi o‘ta olmadi Bugun, 20 dekabr kuni OFK Osiyo chempionlar ligasi hamda OFK Kubogida ishtirok etish uchun litsenziyadan o‘tgan klublar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondan 17 ta klub litsenziyalash bo‘yicha hujjatlarni OFKga taqdim etgandi, 13ta jamoa bundan muvaffaqiyatli o‘tdi. Shuningdek, to‘rtta klub o‘ta olmadi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar bermoqda.

OFK litsenziyasidan o‘tgan klublar: “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Qo‘qon-1912”, “Mash’al”, “Olmaliq”, “Metallurg”, “Dinamo”, “Neftchi”, “Navbahor” va “Sementchi”.

“Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Obod” va “Sho‘rtan” jamoalari esa OFK litsenziyasidan o‘ta olishmagan.

Ko‘rinib turibdiki, OFK litsenziyasidan joriy yil Oliy ligada o‘ynagan to‘rtta klub o‘ta olmagan.

Birinchi ligada muvaffaqiyatli ishtirok etib, liga chempioni sifatida Super Ligaga yo‘l olgan “Sementchi” litsenziya shartlarini to‘g‘ri bajargan.

Shuningdek, Toshkentning “Obod” klubi Oliy ligadan chetlatilgani sabab, litsenziya shartlarini bajara olmasligi tayin edi.

Ammo, nima sababdan “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Sho‘rtan” kabi klublarning o‘ta olmagani hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘FF va O‘zPFL tashkilotlari kelasi yildan Oliy liga nomi Super ligaga o‘zgartirilishi va unda rasman 12 ta jamoa ishtirok etishi haqida qaror qabul qilgani haqida xabar berib o‘tgandik.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 113
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 132
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 166
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar