“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 06:13
ЎЗO‘Z

Mansur (Mangust) To‘g‘izboyevga revansh taklif qilishdi

19 dek, 14:45 5 343 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mansur (Mangust) To‘g‘izboyevga revansh taklif qilishdi MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur (Mangust) To‘g‘izboyevga qirg‘izistonlik Noyen Kalikov revansh jangini taklif qildi.

Gap shundaki, Mansur va Noyen 2016 yilning aprel oyida Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tgan “MMA WEF GLOBAL 5” xalqaro turnirining 70 kilogrammgacha vazn toifasida kuch sinashgan edi.

Mazkur jangning ikkinchi raundida Mansur (Mangust) To‘g‘izboyev raqibini texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.

Mag‘lubiyatga uchragan Noyen mahoratli sportchimizga revansh jangini o‘tkazish uchun taklif berdi. Tajribali Mansur To‘g‘izboyev bu taklifni qabul qilgani haqida Sports.uz internet portaliga xabar qildi.

“Joriy yilning noyabr oyida Qirg‘izistonda o‘tkazilgan “WEF 44 GLOBAL 10” turnirida Noyen bilan uchrashganimizda revansh jangi uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini aytib o‘tdi. Unga tayyor bo‘lganingda xabar ber, men bu taklifga roziman dedim. Nasib qilsa kelgusi yili ushbu jang bo‘lib o‘tadi. Men doimo Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga tayyorman”, – deydi Mansur (Mangust) To‘g‘izboyev bergan intervyusida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 111
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 154
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 251
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 500
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 86
  • So'nggi yangiliklar
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 39
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 171
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 103
  • Bo‘limlar