“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:36
ЎЗO‘Z

«Manchester Siti» APLda yangi rekord o‘rnatdi

11 dek, 09:58 5 397 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Manchester Siti» APLda yangi rekord o‘rnatdi Angliya Premer-ligasining 16-turi doirasida «Old Trafford»da «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» o‘rtasida turning markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Manchester derbisi Xosep Gvardiola jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» APLda g‘alabali seriyasini 14 uchrashuvga yetkazdi. Endi Xosep Gvardiola jamoasi APLning bir mavsumidagi g‘alabali seriya rekordini yangiladi. Bungacha bir mavsumda qatorasiga 13 g‘alaba «Arsenal» (2001/02 yilgi mavsum) va «Chelsi» (2016/17) tomonidan qayd etilgandi.

«Arsenal» 2001/02 yilgi mavsumning oxirgi 13 o‘yinida qatorasiga 13 g‘alabaga erishgandi, keyingi mavsumning birinchi turida ham g‘alaba qozongach, bu seriya 14 o‘yinga yetkazilgandi. «Siti» bu natijani takrorladi.

Derbidagi g‘alabadan keyin «Manchester Siti» turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchisi bo‘lib turgan «Manchester Yunayted» bilan oradagi farqni 11 ochkoga yetkazgan.

Joriy mavsumning 16 turida «Manchester Siti» 15 g‘alabaga erishib, bir durang qayd etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar