“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:24
ЎЗO‘Z

Terma jamoaga chaqirilmagan Igor Sergeyev “Paxtakor”da antiqa rekord o‘rnatdi

29 noya, 20:18 5 723 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Terma jamoaga chaqirilmagan Igor Sergeyev “Paxtakor”da antiqa rekord o‘rnatdi Toshkentning “Paxtakor” klubi hujumchisi Igor Sergeyev 2017 yilgi Oliy Liga mavsumida jamoasi raqiblari darvozasini 13 marta ishg‘ol etib “sherlar”ning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Bu haqda “Paxtakor” FK Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumki, Samvel Babayan davrida terma jamoaning almashtirilmas yagona o‘yinchisiga aylangan Sergeyev “Paxtakor” tarkibida chempionat uchrashuvlarida 122 bellashuvda 64 ta gol urishga erishdi.

Ortda qolgan mavsumdagi 13 goldan 3 tasini esa penalti tepish orqali amalga oshirgan.

Sergeyev yana ikki to‘p kiritilishida jamoadoshlariga so‘nggi pasni bergan holda ishtirok etgan. Bir uchrashuvda o‘rtacha 2,4 martadan raqiblar darvozasiga zarba bergan.

To‘p oshirishlarining aniqligi 78 foizdan iborat bo‘ldi. Bir o‘yinda o‘rtacha hujumda 16 yakkakurashdan 7 tasini muvaffaqiyatli yakunlagan.

E’tiborli tomoni shundaki, Sergeyev 4-marta chempionat doirasida “Paxtakor” to‘purariga aylandi.

Igor 2014 yildan buyon “Paxtakor” klubi to‘purariga aylanmoqda. Ketma-ket to‘purarga aylanish borasida Sergeyev afsonaviy Birodar Abduraimov (1971-1973), Andrey Yakubik (1980-1982) va Igor Shkvirin (1998-2000) kabi futbolchilarning ko‘rsatkichlarini ortda qoldirib o‘tdi.

Mutloq rekord Gennadiy Krasnitskiyga tegishli bo‘lib, u 1963-67 yillarda ketma-ket 5 bor “Paxtakor” to‘purariga aylangan. Umumiy hisobda ham rekord Krasnitskiyga tegishli.

O‘zbekistonning XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi jami 10 marta “Paxtakor” to‘purari degan nomga ega chiqqan. Birodar Abduraimov esa 5 marta turli yillarda jamoa to‘purarligini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Igor Sergeyev O‘zbekiston terma jamoasiga Ro‘ziqul Berdiyev tayinlangandan so‘ng MTJ yig‘inidan taklif olmadi.

Shu bilan birga uning jamoadoshi Aleksandr Lobanov ham O‘zbekiston terma jamoasining BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yini (0:1) ga jalb etilmagandi.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” futbol klubi Oliy Liga-2017 mavsumini 59 ochko bilan uchinchi o‘rinda yakunladi va bronza medallarga ega chiqdi.

Shuningdek, “Paxtakor” o‘zida OChL musobaqasining pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlarini saqlab qolgan.

Toshkentliklarning nufuzli musobaqa pley-off bosqichida o‘ynash yoki o‘ynamasliklari joriy yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvidan so‘ng aniq bo‘ladi.

Agar finalda “Lokomotiv” “Bunyodkor”ni mag‘lub etib, g‘alaba qozonsa pley-offga “sherlar” yo‘l olishadi agar buning aksi kuzatilsa, “Paxtakor” OChL yo‘llanmasidan quruq qoladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 102
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 149
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 242
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 486
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar