“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:38
ЎЗO‘Z

Neymarning «pokeri» «Barselona»ga yirik g‘alabani taqdim etdi

18 okt, 23:28 6 199 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Neymarning «pokeri» «Barselona»ga yirik g‘alabani taqdim etdi Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Rayo Valekano»ni qabul qildi va ushbu mavsumdagi bor-yo‘g‘i ikkinchi yirik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Kataloniyaliklar tarkibida Lionel Messi va Inesta jarohat tufayli maydonga tusha olishmadi. Neymar esa uchrashuvning haqiqiy qahramoniga aylandi.

FIFA kunlarida yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan Enrike jamoasining o‘yinini ancha takomillashtirgani sezildi. O‘yin boshida «Barsa» ikki marta birga bir vaziyatdan foydalana olmadi. Rakitich va Suaresning zarbalarini «Rayo» posboni qaytardi. O‘yinning 15-daqiqasida esa Bebening uzatmasidan keyin Xavi Gerra yaqin masofadan mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi.

Shundan keyin asosiy planga Neymar chiqdi. U ketma-ket ikki marta chiroyli finat evaziga raqib himoyachilarini jarima maydonchasi ichida qoida buzishga majbur qildi. Belgilangan har ikkala penaltini uning o‘zi samarali amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Har ikkala gol oralig‘ida esa Sandro va Neymarning o‘zi yakkama-yakka vaziyatlarni foydalana olishmadi.

Ikkinchi bo‘limning 69 va 70-daqiqalarida Neymar yana ikki marta «Rayo Valekano» darvozasini ishg‘ol qildi, bu safar o‘yindan. Suaresning kuchli zarbasini Tono qaytardi va qaytgan to‘pni braziliyalik futbolchi darvozaga joyladi. Keyingi vaziyatda Suares jamoadoshini bo‘sh darvoza qarshisida yolg‘iz qoldirdi va braziliyalik hujumchi o‘zining to‘rtinchi golini raqib darvozasiga yo‘lladi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Neymar Suaresga «qarzi»ni qaytardi. Urugvaylik futbolchi beshinchi gol muallifiga aylandi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida «Rayo» yana bitta javob to‘pini kiritib, hisobning 5:2 bo‘lishini ta’minladi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» o‘z ochkolarini 18taga etkazdi va «Real» bilan tenglashib oldi. Madridliklar to‘plar nisbatiga ko‘ra peshqadam bo‘lib turishibdi.

Ispaniya La ligasi, 8-tur
Barselona – Rayo Valekano 5:2 (2:1, 3:1)

Gollar: 0:1 – 15 Gerra, 1:1 – 22, penalti Neymar, 2:1 – 32, penalti Neymar, 3:1 – 69 Neymar, 4:1 – 70 Neymar, 5:1 – 77 Suares, 5:2 – 86 Xosabed.
Barselona – Bravo, Pike, Alba, Dani Alves (Duglas Pereyra, 78), Mate, Rakitich, Buskets (Gumbau, 76), Serji Roberto, Neymar, Sandro Ramires (Munir, 56), Suares.
Rayo Valekano – Martines, Ze Kashtru, Ras, Martines (Dorado, 46), Lorente, Xosabed, Trasorras, Ebert, Bangura, Bebe (Embarba, 71), Gerra.
Ogohlantirishlar: Lorente (21), Dorado (49), Pike (79).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 118
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 86
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar