“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 20:43
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston dzyudochilari Bangkokda 13 ta medalni qo‘lga kiritdi

13 okt, 14:02 6 546 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston dzyudochilari Bangkokda 13 ta medalni qo‘lga kiritdi Bangkokda kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati nihoyasiga etdi, deb yozmoqda Gazeta.uz.

O‘zbekiston terma jamoasi kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha Bangkokda (Tailand) bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 13 ta medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar qiladi mamlakat Dzyudo federasiyasi.

Kadetlar o‘rtasidagi musobaqalarda O‘zbekiston uchta oltin, bitta kumush va to‘rtta bronza medali olib, medallar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘ringa oltita oltin medal bilan Qozog‘iston termasi ko‘tarildi. Xitoy Taybeyi jamoasi esa uchinchi o‘rinni oldi.

Musobaqalarda O‘zbekiston kadetlar jamoasidan 8 nafar o‘smir yigit va 5 nafar qiz ishtirok etdi. Shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga final bahslarida eronlik Jovad Murodiyni enggan Jasur Sodiqov (73 kg.gacha), qirg‘izistonlik Erlan Sherovning kuragini erga tekkizgan Sherxon To‘raboyev (81 kg.gacha) va hindistonlik Pinki Balxaradan ustun kelgan Sanobar Sultonova (52 kg.gacha) ko‘tarilishdi.

Yagona kumush medalga 66 kg.gacha vazn toifasida G‘olibjon Sulaymonov sazovor bo‘ldi. Aloviddin Jo‘raqobilov (90 kg.gacha), Gulnur Muratbaeva (44 kg.gacha), Nodira Yo‘ldosheva (70 kg.gacha) va Dilnoza Kamolova (70 kg.dan ortiq) umumiy jamg‘armaga bronza medallarini taqdim etdi.

O‘zbekiston o‘smirlari 4 ta kumush va bitta bronza medali bilan medallar soni bo‘yicha ettinchi o‘rinni band etdi. Artyom Shturbabin (60 kg.gacha) va Mahliyo Mannonova (57 kg.gacha) terma jamoaga kumush medallar olib berdi. Musobaqalarning so‘nggi kuni Bekmurod Oltiboyev (100 kg.gacha) va Renat Nazmitdinov (100 kg.dan ortiq) shohsupaning ikkinchi pog‘onasini egalladi, Ilhomjon Farmonov (90 kg.gacha) bronza medalini qo‘lga kiritdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 0
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • So'nggi yangiliklar
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 0
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 9
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 72
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 28
  • Bo‘limlar