“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:54
ЎЗO‘Z

UZREPORT TV va FUTBOL TV “The Best FIFA Football Awards 2017”ni translyatsiya qiladi

22 okt, 20:56 7 348 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UZREPORT TV va FUTBOL TV “The Best FIFA Football Awards 2017”ni translyatsiya qiladi Dushanba, 23 oktyabr kuni London shahrida “The Best FIFA Football Awards 2017” taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Unda futbol olamida o‘tgan mavsum yuksak natijalarga erishgan futbolchi va murabbiylar FIFA tomonidan mukofotlanadi. Taqdirlash marosimiga dunyoning millionlab muhlislari e’tibor qaratishi shubhasiz. Chunki, unda zamonamizning ikki buyuk futbolchisi Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi hamda Neymar eng nufuzli individual sovrin uchun asosiy da’vogarlar hisoblanishadi.

Shuningdek, marosimda FIFA Prezidenti Janni Infantinoning taklifiga binoan Londonga yetib borgan O‘zbekiston futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov va Ijroiya qo‘mitasining a’zosi Bobur Shodiyev ham ishtirok etadilar.

Yurtimizda mana shu tadbirga bo‘lgan katta qiziqishni inobatga olgan holda UZREPORT TV hamda FUTBOL TV uni jonli efirda to‘liq translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

23 oktyabr kuni 22:00 dan boshlab taqdirlash marosimining kirish qismi, yulduzlarning tashrifi, yo‘lak orqali o‘tishi va fotosessiyasi UZREPORT TV hamda FUTBOL TV orqali namoyish etiladi. Asosiy gala-oqshomning boshlanish vaqti esa 23:30 va uni ham tomoshabinlarimiz jonli efirda kuzatib borishlari mumkin.

Jahon yulduzlari ishtirokidagi FIFA taqdrirlash oqshomini o‘tkazib yubormang!

Manba: UzReport.news




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar