“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:19
ЎЗO‘Z

Rasman: Quvasoyning «Sementchi» futbol klubi Oliy Ligada «Obod» o‘rnini egallaydigan bo‘ldi

22 okt, 17:06 7 277 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasman: Quvasoyning «Sementchi» futbol klubi Oliy Ligada «Obod» o‘rnini egallaydigan bo‘ldi Quvasoyning «Sementchi» futbol klubi 2018 yilgi mavsumni O‘zbekiton Oliy Ligasida o‘tkazadi, deb yozadi Daryo nashri.

Mamlakat Birinchi Ligasida mavsum yakuniga 4 ta tur qolgan bir paytda, Quvasoy klubi 3-o‘rindagi «Istiqlol»ning o‘ziga yeta olmasligini ta’minlab bo‘ldi. Jamoaning elitaga yo‘l olgani haqida PFL rasmiy sayti ham ma’lumot taqdim etib ulgurdi.

Mazkur jamoa 30 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lib, shularning 23 tasida raqiblaridan ustunlik qildi. 4 ta uchrashuvda «Sementchi» futbolchilari durang natijaga rozi bo‘ldi va faqatgina 3 tasini boy berdi. Ortda qolgan 30 ta o‘yinda 85 ta gol urilgani, Birinchi Liga mavsumi sermahsul bo‘lganidan dalolat beradi.

«Sementchi» Oliy Ligadan chetlashtirilgan Toshkentning «Obod» klubi o‘rnini egallaydi. Reglamentga ko‘ra, Birinchi Ligada peshqadam bo‘lgan jamoa Oliy Ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani yutib oladi.

Oliy Liganing 15-jamoasi esa chempionatdagi o‘rnini saqlab qolish uchun quyi liganing ikkinchi jamoasi bilan to‘qnash keladi. Ayni paytda Vadim Abramovning «Neftchi» futbol klubi Oliy Ligada 15-o‘rinni egallab turibdi, Birinchi Liganing ikkinchi jamoasi esa hozircha «Andijon». Andijonlik futbolchilar o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra elita bilan xayrlashgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 126
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 55
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 197
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 134
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar