“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:04
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda Messi, Raul va Xavi ishlaydigan futbol akademiyasi ochiladi

18 okt, 22:08 5 261 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda Messi, Raul va Xavi ishlaydigan futbol akademiyasi ochiladi Bugun, 18 oktyabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar amirlik oilasining eng nufuzli vakillaridan biri, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al-Soniyning akasi, bugungi kunda Qatar amirining diplomatik masalalar va sportni rivojlantirish bo‘yicha bosh maslahatchisi sifatida faoliyat olib borayotgan Shayx Jassim bin Hamad bin Xalifa Al-Soniy bilan uchrashdi. Bu haqda O‘FF Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar haqida o‘zaro fikr almashdilar.

Umid Ahmadjonov Shayx Jassim bilan O‘zbekistonda zamonaviy talablarga javob beradigan bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasining vakolatxonasini ochish masalasini muhokama qilib, O‘FF bu borada Qatar bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Gap Dohadagi “Aspire” sport akademiyasi haqida bo‘lib, bu inshootga 2004 yilda Qatar amirining farmoni bilan asos solingan. Akademiyaning bosh maqsadi — Qatar sportining kelajagi uchun yosh iqtidorlarni izlash, ularni akademiyaga olib kelib, shu yerning o‘zida ta’lim berish va katta sportchi qilib tarbiyalashdan iborat.

Akademiyaning “Iqtidorlarni izlash dasturi” mavjud bo‘lib, bu borada ular Qatar olimpiya qo‘mitasi va Qatar davlatining oliy ta’lim kengashi bilan yaqindan hamkorlik qilishadi.

Dastur Qatar davlatidagi maktab o‘quvchilari orasidan iqtidorli bolalarni izlab topib, ularga sport bo‘yicha grant dasturlarida ishtirok etishni taklif etadi.

Akademiyaga dunyoning eng kuchli menejerlari, murabbiylari va ekspertlari jalb qilingan. Futbol ta’limining standartlari bo‘yicha “Aspire” dunyoning eng yaxshi akademiyalaridan biri sanaladi.

Jahon futbolining afsonalari Pele, Messi, Raul va Xavi kabilar akademiyaning xalqaro arenalardagi elchisi sifatida faoliyat yuritadi.

“Shayx Jassim janoblari bilan suhbatda biz “Aspire” akademiyasining vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish bo‘yicha kelishuvga erishdik. Menda ushbu akademiya juda katta tassurot qoldirdi. Shayx janoblari bilan bu borada yakuniy kelishuvga erishganimizdan xursandman”, deydi Umid Ahmadjonov.

Shayx Jassim 2004 yildan beri dunyoga mashhur va dong‘i ketgan “Aspire” akademiyasiga rahbarlik qilib keladi. Shu bilan bir vaqtda u 2022 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning vitse-prezidenti ham hisoblanadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Shayx Jassim bin Hamad bin Xalifa Al-Soniy Qatar futbolining bugungi muvaffaqiyatlarining boshida turgan katta namoyandalardan biri hisoblanadi.

U 1850 yildan beri Qatarni boshqarib kelayotgan Al-Soniylar amirlik oilasining ishongan vakili sifatida hukumat rahbarlari va shu kabi boshqa nufuzli mehmonlar bilan uchrashadi.

Bundan tashqari, u Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al-Soniyning akasi hisoblanib, Qatar amirligining sobiq valiahdidir. Shu sababli ham Shayx Jassim Qatar amirining nomidan ish yuritadigan davlat namoyandasi sanaladi.

Umid Ahmadjonovning Shayx Jassim bilan uchrashuvi O‘FF prezidentining Qatarga rasmiy tashrifi doirasida amalga oshirilayapti. Tashrif doirasida O‘FF prezidenti Shayx Jassim rahbarlik qiladigan “Aspire” akademiyasida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishgandi.

Umid Ahmadjonov, shuningdek, “Aspetar” sport tibbiyoti markazi va Qatar futbol uyushmalarida ham bo‘lib, tashkilotlarning bugungi kundagi faoliyatini ko‘zdan kechirib, Qatar futbol federatsiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimida ishtirok etgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 14 noyabr kuni BAA terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida xabar bergandik.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 317
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar