“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 18:06
ЎЗO‘Z

O‘FF QFU bilan memorandum imzoladi yoxud Qatar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga kelishib olindi

18 okt, 00:09 5 340 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘FF QFU bilan memorandum imzoladi yoxud Qatar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga kelishib olindi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniyning taklifiga ko‘ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, Qatar futboli mansabdor shaxslari bilan uchrashdi.

Qatarda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Qatar futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, O‘zbekiston va Qatar federatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yib, uni rahbariyat va mansabdor shaxslar, shuningdek, texnikaviy masalalar bo‘yicha ekspertlar, murabbiylar, hakamlar va futbolchilar orqali samarali yo‘lga qo‘yish kabi masalalarni muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov va Shayx Hamad bin Halifa O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi va Qatar Futbol Uyushmasining hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumini imzoladilar.

Ushbu memorandum ikki federatsiyaning turli toifadagi jamoalariga o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish va musobaqalarda ishtirok etish, tegishli mutaxassis va ekspertlariga o‘quv kurslari, seminar va konferensiyalarda ishtirok etish imkonini beradi. Bundan tashqari tomonlar sport inshootlarini qurish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash hamda ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilish bo‘yicha hamhamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar.

“Bu memorandum va kelishuvdan juda ko‘p narsa kutyapman”, - deydi Umid Ahmadjonov O‘FF matbuot xizmatiga. “Chunki, memorandum faqatgina futbol o‘yinida ishtirok etadigan mutaxassislar bilan bog‘liq emas. Bu kelishuv futbol boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etadigan boshqaruv apparatiga ham bevosita taalluqlidir.

Zero, ushbu memorandum O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi xodimlariga menejment, marketing va reklama faoliyati, sport tibbiyoti, futbolda jismoniy tayyorgarlik va texnikaviy yo‘nalishni aniqlab olish, ta’lim va tadqiqotlar kabi sohalarda Qatarda o‘qish va malaka oshirish imkoniyatini yaratib beradi. Bu esa bizga kadrlar bilan bog‘liq masalalarni ijobiy hal qilish imkonini beradi”.

Qatar safari Umid Ahmadjonovning O‘FF prezidenti etib saylanganidan beri amalga oshirgan uchinchi xorijiy safaridir. Bunga qadar Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino va BAA futbol uyushmasi vitse-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 23
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 114
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 128
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 50
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • Bo‘limlar