“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:14
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondagi ikkita futbol uyushmasining faoliyati tugatildi va ular O‘FF nazoratiga o‘tdi

11 okt, 20:04 6 073 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondagi ikkita futbol uyushmasining faoliyati tugatildi va ular O‘FF nazoratiga o‘tdi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi va Professional Futbol Ligalarining tarkibiy tuzilmalarida futzal, plyaj futboli va ayollar futboli bilan shug‘ullanadigan yangi lavozimlar tashkil qilindi. Bundan tashqari, futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish Respublika oliy maktabi qoshida ham shu soha bilan shug‘ullanadigan murabbiylar guruhi ish boshladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Futzal Uyushmasi hamda O‘zbekiston ayollar futboli va plyaj futboli uyushmasi tugatiladigan bo‘ldi.

Futzal, ayollar futboli va plyaj futbolining taraqqiyoti, murabbiylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, terma jamoalarni musobaqalarga tayyorlash va yuborish, shuningdek, milliy chempionat o‘yinlarini tashkil qilish va o‘tkazishni shu yilning oktyabr oyidan e’tiboran O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi o‘z nazorati ostiga oladi.

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasining Sport bo‘limida ham futzal, ayollar futboli va plyaj futboli bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishga mas’ul bo‘linma ham ish boshlaydi. Ushbu bo‘linma O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining shu sohani nazorat qiladigan boshqarmasi bilan kelishgan holda ish olib boradi.

Manba: www.the-uff.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 53
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 264
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar