“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 01:50
ЎЗO‘Z

«Obod», «So‘g‘diyona» va «Nasaf» kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin

07 okt, 00:03 5 535 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Obod», «So‘g‘diyona» va «Nasaf» kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin Avvalroq, Toshkentning “Obod” futbol klubi O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qo‘mitasining O‘FF bilan birga kelishilgan qaroriga ko‘ra, futbol bo‘yicha 2017 yilgi O‘zbekiston chempionati qatnashchilari safidan chiqarilgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Ammo xabarda nima sababdan “Obod” jamoasi Oliy Liga o‘yinlaridan mahrum qilingani to‘liq keltirib o‘tilmagandi.

O‘zbekiston futbol Federatsiyasi Matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, “Obod” litsenziyalash reglamentining talablarini bajarmaganligi sabab Oliy Ligadan chetlatilgan.

“Bugungi kunga kelib “Obod” futbol klubining moliyaviy muammolari, shuningdek, litsenziyalash reglamentining talablarini bajarmaganligi O‘zPFL Ijroqo‘mining qaroriga asos bo‘ldi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qo‘mitasi O‘FF bilan kelishgan holda ushbu qarorni qabul qilgan bo‘lib, “Obod” jamoasi reglamentda ko‘rsatib qo‘yilgan bir qator talablarni bajarmagan va PFLga a’zolik badali pullarini shu kungacha to‘lab bermagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Obod” klubining PFL oldidagi qarzi umumiy 112 million so‘mni tashkil qiladi. Shundan 90 millioni a’zolik badali to‘lovi, 15 millioni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan murabbiyni ro‘yxatga qo‘yish uchun to‘lov va 7 millioni boshqa turdagi jarima bo‘lgan.

Shuningdek, “Obod” rasmiylari tomonidan O‘zbekiston klublarini litsenziyalash bo‘yicha reglamentga muvofiq, klubni moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma PFLga taqdim etilmagan. Natijada tashkilot uchun ushbu jamoa nimaning hisobiga moliyalashtirilishi haqidagi masala tushunarsizligicha qolib kelgan.

Bundan tashqari, “Obod” reglament talablarini qo‘pol ravishda buzgani holda, bir necha marta ogohlantirish berilganiga qaramasdan, litsenziyalash bo‘yicha birorta ham hujjatni rasmiylashtirmagan.

Jamoaning ikki uchrashuvi shubhali deb topilgan. Oliy Liga 20-turi doirasidagi “Obod” - “So‘g‘diyona” (2:4) va 22-turdan o‘rin olgan “Obod” – “Nasaf” (0:6) o‘yinlarida qayd etilgan natijalar Federbet xalqaro notijorat federatsiyasi tomonidan shubhaga olingan. Natijada tashkilot O‘FFga xat yozib, PFLni ham bundan ogoh etgan. Bu holat ham yakuniy qaror qabul qilishda muhim o‘rin tutgan.

Musobaqalar reglamentining 4.26 bandiga asosan “Obod” futbol klubi taqvimdagi o‘yinlarning yarimidan ko‘pini o‘tkazib bo‘lganligi munosabati bilan, oldindagi o‘yinlarda jamoaga texnik mag‘lubiyat, uning raqiblariga esa texnik g‘alaba yoziladi. O‘tgan o‘yinlardagi ogohlantirish va chetlatishlar o‘z kuchida qoladi.

O‘zbekiston qonunchiligi hujjatlarida ko‘rsatilganidek, “Obod” futbol klubi o‘z xodimlari va futbolchilari oldidagi mehnat shartnomalari bo‘yicha qarzlarni uzish va soliq to‘lovlarini to‘lash majburiyatini saqlab qoladi. Jamoa xodimlari va futbolchilariga esa boshqa futbol klublarda qaydnomadan o‘tishga reglamenti asosida ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Obod” jamoasi faoliyatini yakunlashi haqida turli hil mish-mishlar tarqalgandi, lekin so‘nggi daqiqalarda ukrainalik investorlar jamoa homiyligini o‘z bo‘ynilariga olib, jamoani moliyaviy tomondan ta’minlashlarini aytishgandi, biroq Oliy Ligada qoniqarsiz natijalar qayd etayotgan klub yakunda investorlarga ham kerak bo‘lmay qoldi.

Ma’lumot uchun, “Obod” Oliy Liganing 23-turidan keyin 9 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasini egallab turgandi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: www.uff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 0
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 0
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 0
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Bo‘limlar