“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:30
ЎЗO‘Z

Tayson Fyuri Vladimir Klichkoni o‘yinchoq ayiqqa qiyosladi

29 sen, 11:37 9 017 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tayson Fyuri Vladimir Klichkoni o‘yinchoq ayiqqa qiyosladi Superog‘ir vazn toifasida haligacha mag‘lubiyatga uchramagan britaniyalik bokschi Tayson Fyuri ukrainalik Vladimir Klichkoning jarohat olib, bo‘lajak jangning kechiktirilishiga sabab bo‘lganiga o‘zining munosabatini keskin ravishda bildirdi.

"Endi aytish mumkinki, u bilan jangimiz fevralgacha bo‘lib o‘tmaydi. Noyabrda uni ura olmayman. Endi uni kaltaklash uchun fevral kelishini kutishga majburman. Keyingi matbuot anjumanida indamay o‘tirishim kerak, yo‘qsa u yana qo‘rqib ketib, muddatni yana kechiktirishi mumkin", deya zaxarxandalik bilan gapiradi Tayson.

"U o‘z soyasidan ham qo‘rqadigan yirik rus ayiq o‘yinchoqqa o‘xshaydi. Bundaylar yovuz Taysondan qo‘rqishadi. Bundaylar men bilan ringga chiqqanlarida g‘alaba qila olmasliklarini aniq bilishadi", deydi bokschi.

Tayson Fyuri Klichkoning jarohatini Devid Xeyning jarohatiga qiyoslagan. 2013 yilning oxirida Fyuri Xey bilan jang o‘tkazishi kerak edi. Lekin mashg‘ulot chog‘ida jarohat olgan Xey keyinchalik 2014 yili faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, professional boksning superog‘ir vazn toifasida 4ta yo‘nalish chempioni Vladimir Klichko (64-3, 53 KO) Avstriyada boshlangan ilk mashg‘ulot kunining o‘zida oyog‘idan jarohat olgandi. Endi ukrainalik jahon chempionining britaniyalik yengilmas Tayson Fyuri (24-0, 18 KO) bilan 24 oktyabr kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jangi noma’lum muddatga qoldirildi.

Klichkoga yaqin manbaning xabar berishicha, Vladimir jarohatini bir oy mobaynida davolaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar