“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2024, 06:23
ЎЗO‘Z

U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

16 sen, 00:03 5 062 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi Avval xabar berilganidek, 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda mezbon Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Bahrayn, Iordaniya va Shri-Lanka jamoalari qatnashadi.

Bugun, 15 sentyabr kuni musobaqa oldidan jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Shri-Lanka terma jamoasi delegatsiyasi Ar-Riyodga yetib kelmagani bois bosh murabbiy matbuot anjumanida ishtirok etmadi.

O‘zbekiston o‘smirlar termasining musobaqadagi ilk o‘yini 18 sentyabr kuni bo‘lishi munosabati bilan bosh murabbiy Dilshod Nuraliyev jamoa bilan ertaga Ar-Riyodga yetib keladi. Bugungi matbuot anjumanida jamoa menejeri Botir Karimjonov qatnashdi.

Bahrayn bosh murabbiyi Rashid al-Dosari: Saudiya Arabistoniga yetib kelishdan avval uch oy davomida tayyorgarlik olib bordik. Ushbu guruhda barcha jamoalarning kuchi teng deb o‘ylayman. Maqsadimiz – Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish.

Iordaniya bosh murabbiyi Abdulla al-Katati: Iordaniya Futbol Federatsiyasi nomidan bizni iliq kutib olganligi uchun Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek, mamlakat bosh jamoasi Rossiyadagi JCh–2018 turniriga yo‘l olganligi bilan tabriklayman. Guruhda oson raqibning o‘zi yo‘q: Bahrayn ham, Shri-Lanka ham barchaga birdek muammo tug‘dirishi mumkin. Tayyorgarlik doirasida ham xalqaro, ham mahalliy musobaqalarda ishtirok etdik. O‘ylaymanki, biz Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘l olamiz.

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Muhammad al-Abdeli
: Ar-Riyod shahriga yetib kelgan jamoa delegatsiyalari a’zolarini ko‘rib turganimdan mamnunman. Umid qilamanki, ob-havoning issiq bo‘lishiga qaramay barcha o‘zini yaxshi his qilmoqda. Jamoa haqida so‘zlaydigan bo‘lsam, yosh futbolchilarimiz yaxshi tayyorlandi. Bu kabi turnirlar yoshlarning katta futbolga kirishi uchun dastlabki qadam hisoblanadi. Ayni damda ulardan ko‘p narsa talab qila olmaymiz, ularga bosim o‘tkazmaymiz. Albatta, guruhdagi barcha jamoalar singari bizning maqsadimiz ham OCh final bosqichiga chiqish, ammo futbolchilardan mana shu davrda zavq olishini istardim.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi menejeri Botir Karimjonov
: Avvalo mehmondo‘stlik uchun Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasiga minnatdorlik bildirmoqchiman. Barcha tashkiliy masalalar a’lo darajada. Jamoamizning tayyorgarlik jarayoniga keladigan bo‘lsak, saralash bosqichiga qadar xalqaro musobaqalarda qatnashdik, o‘rqtolik o‘yinlari o‘tkazdik. Saralash bahslari yaxshi kayfiyatda o‘tishiga umid qilaman. Sifatli va yaxshi futbol namoyish qilib, oldimizga qo‘yilgan maqsad – Osiyo chempionatiga chiqish uchun kurashamiz.

Eslatib o‘tamiz, barcha bellashuvlar Ar-Riyod shahridagi Prince Faisal bin Fahd Stadium maydonida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa taqvimi bilan tanishish uchun mazkur havolaga o‘tish mumkin.

Ma’lumot uchun, U-16 Osiyo chempionati saralashida OFKga a’zo jami 45 mamlakatning o‘smirlar terma jamoalari 10 guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Guruhda birinchi o‘rinni egallagan 10 ta hamda eng yaxshi 5 ta ikkinchi o‘rin sohiblari mezbon Malayziyaga qo‘shilgan holda OCh finaliga yo‘llanma oladi. U-16 Osiyo chempionati final bosqichi 2018 yilning 20 sentyabr – 7 oktyabr kunlari Malayziyada o‘tkaziladi.

Manba: www.the-uff.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 14
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 9
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • Superliga. “Navbahor” safarda “Lokomotiv”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 20 sen, 19:35 8
  • Joshua - Dyubua jangida kim g‘alaba qozonadi? 20 sen, 16:06 14
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob berishga va’da berdi 20 sen, 23:34 16
  • Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin 20 sen, 23:19 13
  • Xose Venansio Lopes: "Ropiyevning qizil kartochkasi barchasini o‘zgartirib yubordi. Men shartnomamni shu yerda yakunlayman" 20 sen, 23:12 14
  • Sergey Lushchan: "O‘yinimiz "nol". Hujumga deyarli o‘ta olmadik" 20 sen, 22:54 7
  • Zelenskiy: Ikkinchi tinchlik sammiti urushga chek qo‘yishi kerak 20 sen, 22:30 7
  • Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi 20 sen, 22:08 9
  • Futzal. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi 20 sen, 22:03 7
  • O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi 20 sen, 21:47 12
  • Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi 20 sen, 21:23 14
  • Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi 20 sen, 21:00 21
  • Ona duosini olmagan kishining nadomatlari (Hayotiy hikoya) 20 sen, 20:30 17
  • Psixologik yordam ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonun ma’qullandi 20 sen, 20:05 9
  • Bo‘limlar