“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:07
ЎЗO‘Z

Shin Tae Yong: "O‘zbekistonlik muxlislarga ham rahmat"

05 sen, 23:57 3 536 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shin Tae Yong: "O‘zbekistonlik muxlislarga ham rahmat" O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Shin Tae Yong matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugun biz durang qayd etib Jahon chempionatiga chiqdik. Ketma ket to‘qqizinchi marta Janubiy Koreya mundialga yo‘l oldi. Hozir yurtimizda yarim tun, shunga qaramay xalqimiz final xushtagini kutib o‘tirishdi. O‘zbekistonlik muxlislarga ham rahmat aytaman, ular bizni qo‘llab quvvatlashdi, - deydi Shin Tae Yong.

- Bugun JChga yo‘llanma qo‘lga kiritildi, ammo jamoaingiz gol ura olmadi. Nimani kuchaytirish kerak?
- Biz bugun faqat g‘alaba uchun maydonga tushgandik. Terma jamoaga yaqinda keldim. Oldinda 9 oy vaqt bor. Biz mundialga munosib tayyorgarlik ko‘ramiz. O‘zbekiston ham bugun yaxshi o‘ynaganini aytish kerak.

- Sizga eng qiyini nima bo‘ldi?
- Terma jamoaga kelganimda Eron bilan o‘ynadik. Biz hujumkor o‘yin ko‘rsatishga urindik, maqsadimiz yutqazmaslik edi. Asosiysi natija edi.

- Birinchi va ikkinchi taym mutlaqo turlicha bo‘ldi, buni tushuntirib bering.
- Birinchi taymda shoshmaslik kerakligini aytdim. Ikkinchi taymda jismoniy holati pasayganini ko‘rdim. Biz gol urishga urindik.

- O‘zbekiston terma jamoasi mana nechanchi marta mundialdan chetda qolmoqda. Mutaxassis sifatida O‘zbekistonga nima yetishmaydi deb o‘ylaysiz? Murabbiymi, g‘oliblik ruhiyatimi yoki futbolchilarmi?
- Bu jamoaga qarshi uchinchi bor to‘qnash keldim. Mahorat yetarli, mentalitetni bilmayman shu bois bu savolga aniq javob bera olmayman.

- O‘yin vaqtida Eron va Suriya uchrashuvi natijasini bilib bordingizmi?
- Futbolchilar bilishmadi, faqat men hisob 2:1 ekanligini va Eron yutayotganini eshitdim. Ammo keyinroq bahs 2:2 hisobida tugadi deyishdi.

- Siz jamoaga kelgach ikki marta 0:0 hisobi qayd etildi. Hujumda muammolar bormi?
- Birinchi navbatda himoyani o‘ylash kerak. Rossiyadagi mundialda Koreya hujumkor o‘ynaydi.

Narzulla Saydullayev

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 284
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar