“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 03:05
ЎЗO‘Z

«Paxtakor» aksiyalarining 80 foizi investorga sotiladi

01 sen, 08:31 7 121 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Paxtakor» aksiyalarining 80 foizi investorga sotiladi «PAXTAKOR» sport-mashg‘ulot o‘quv markazi» MChJ va «PAXTAKOR TENNIS ASE» MChJ «PAXTAKOR» futbol klubi»ga birlashtiriladi. Keyinchalik uning ustav jamg‘armasidagi 80 foizlik ulush «SFI Management Group» XK MChJga «nol» xarid qiymatida sotiladi, 20 foizi esa poytaxt hokimligida qoladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining «Paxtakor» futbol klubining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida keltirilgan.

Shartnomaga ko‘ra, investor binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlashni amalga oshirishi, ularni xalqaro standartlar talablariga muvofiq keltirishi shart hisoblanadi. Investitsiya majburiyatlarining umumiy hajmi – kamida 200 mlrd so‘m bo‘lib, ular biznes-rejalarga muvofiq 5 yil mobaynida amalga oshiriladi.

Investor faqat o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq bajargandan keyin ustav jamg‘armasidagi o‘z ulushini tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi. Ungacha investorning sotib olgan ulushiga bo‘lgan huquqi «tasarruf etish huquqisiz» qaydi bilan mulk huquqiga sertifikat bilan tasdiqlanadi.

Shuningdek, hujjat bilan ayrim tashkiliy masalalar tartibga solingan hamda «PAXTAKOR» futbol klubi» MChJga va u tomondan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga imtiyozlar taqdim etilgan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 317
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar