“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 07:10
ЎЗO‘Z

Internetda Meyuezer–Makgregor jangi uchun chiqarilgan antiqa chipta namoyish qilindi

26 avg, 13:24 4 359 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Internetda Meyuezer–Makgregor jangi uchun chiqarilgan antiqa chipta namoyish qilindi Internetda amerikalik bokschi Floyd Meyuezer va irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor o‘rtasidagi jang uchun chiqarilgan antiqa dizaynga ega chipta videosi paydo bo‘ldi.

Birinchi o‘rta yengil vazn toifasida (69,85 kg gacha) o‘tuvchi ushbu jang 26 avgustda Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. Jang g‘olibiga 1,5 kg oltin, 3360 ta brilliant, 600 ta moviy yoqut va 160 ta zumrad tosh bilan bezalgan kamar topshiriladi.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, jang uchun chiptalar narxi 2 mingdan 80 ming yevrogacha turadi. Videoda chipta qo‘lda aylantirilganda jangchilarning bir-biriga yuzma-yuz qarab turgan surati asta-sekin ularning yonma-yon jangovar holatda turgan surati bilan almashishini ko‘rish mumkin.

Meyuezer avgust boshida jang orqasidan kamida 300 mln dollar ishlab topishini aytgandi. Irlandiyalik esa bu jangdan 100 mln dollar ishlab topishi taxmin qilinmoqda.

Darvoqe, Makgregor jang uchun 3 oylik o‘g‘liga kostyum-shim sotib olganini ma’lum qildi. U instagramdagi sahifasida o‘g‘lining bu kostyumda tushgan suratini joylashtirib, “Boss-bola” deb izoh qoldirgan.


Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 0
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 111
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 154
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 251
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 500
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 172
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Bo‘limlar