“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:29
ЎЗO‘Z

Ro‘ziqul Berdiyev Prezident farmoniga ko‘ra davlat mukofoti bilan taqdirlandi

25 avg, 21:47 5 822 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘ziqul Berdiyev Prezident farmoniga ko‘ra davlat mukofoti bilan taqdirlandi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan bir qator soha xodimlari Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ular orasida O‘zbekistonda 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ham bor. 45 yoshli mutaxassis “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, Ro‘ziqul Berdiyev 2008–2011 yillarda “Nasaf” murabbiylar shtabida assistent, 2012 yildan buyon esa bosh murabbiy lavozimida ishlab kelmoqda. Ro‘ziqul Berdiyev Qarshi klubi ishlab kelayotganidan buyon jamoa bir marta mamlakat vitse-chempioni (2011), 6 karra bronza medali sohibi (2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016), O‘zbekiston Kubogi (2015) va Superkubogi (2016) g‘olibi hamda OFK Kubogi (2011) sohibi bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar