“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 14:19
ЎЗO‘Z

OFK Bosh kotibi rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi

21 avg, 21:39 5 329 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OFK Bosh kotibi rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi 21 avgust kuni Osiyo Futbol Konfederasiyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon va Osiyo Futbol Konfederasiyasining futbol uyushmalari bilan ishlash departamenti boshlig‘i Ravi Kumar rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

OFK delegasiyasining tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsadi 12 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Futbol Federasiyasining hisobot-saylov konferensiyasiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishish bo‘ldi.

Tashrif dasturiga muvofiq OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov bilan uchrashdi. O‘zbekiston Futbol Federasiyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Mirabror Usmonov birinchi marta O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan OFK Bosh kotibiga mamlakatda sportni, shu jumladan, futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qisqacha axborot berdi.

OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng muhim federasiyalardan biri ekanligiga alohida urg‘u berib, Osiyo bugungi O‘zbekistonning xalqaro futbol maydonlardagi yutug‘ini tan olayotganligini ta’kidladi. Tomonlar, shuningdek, O‘FFning hisobot-saylov konferensiyasiga doir masalalalar yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba ham almashdi.

Mirabror Usmonov bilan uchrashuvdan keyin OFK delegasiyasi O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasiga tashrif buyurib, sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Dato Vindsor Jon, shuningdek, Milliy Olimpiya Qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining faoliyatini qisman kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi va markaz hududida bunyod etilayotgan murakkab jarrohlik amaliyotlari bajariladigan kardio-xirurgiya klinikasining qurilish ishlari bilan ham qiziqdi.

OFK delegasiyasi bugunning o‘zida Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, o‘zbek futboli tarixi muzeyini ko‘zdan kechirdi. “Bunyodkor” bosh direktori Murod Aliev OFK bosh kotibiga “Bunyodkor” stadionining tarixi, qurilishi va bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berdi. OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon “Bunyodkor” stadioni faxriy mehmonlari kitobida o‘z dastxatini ham qoldirdi.

OFK delegasiyasi 22 avgust kuni Samarqandga tashrif buyuradi va shaharning diqqatga sazovor joylarida bo‘lib, shu kunning o‘zida Livanga xizmat safariga uchib ketadi.

Tashrif davomida OFK delegasiyasiga O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Birinchi vise-prezidenti va Bosh kotibi, Osiyo Futbol Konfederasiyasining ijroiya qo‘mitasi a’zosi Sardor Rahmatullaev va O‘zbekiston Futbol Federasiyasi vise-prezidenti Asqar Tolibjonov hamrohlik qiladi.


Manba: www.the-uff.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 264
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 142
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 340
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 134
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 159
  • So'nggi yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 2
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 17
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 38
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 274
  • Bo‘limlar