“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:33
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyada yig‘in o‘tkazadi

21 avg, 21:34 5 369 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyada yig‘in o‘tkazadi Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 24-31 avgust kunlari Rossiyada bir haftalik yig‘in o‘tkazadi.
O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz yig‘in doirasida Rossiyaning "Viz-Sinara" va "Zik-Urfu" jamoalariga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkaziladi.

Nazorat o‘yinlari
25.08.2017

"Viz-Sinara" - O‘zbekiston

26.08.2017
"Viz-Sinara" - O‘zbekiston

29.08.2017

"Zik-Urfu" - O‘zbekiston

30.08.2017

"Zik-Urfu" - O‘zbekiston

Bo‘lajak yig‘in O‘zbekiston futzal termasi uchun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda bo‘lib o‘tadigan 2017 yilgi Osiyo o‘yinlari va futzal bo‘yicha 2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Ma’lumot uchun, Ashxoboddagi Osiyo o‘yinlari shu yilning 17–27 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.
Shu o‘rinda terma jamoamiz Ekaterinburgda nazorat o‘yinlari o‘tkazadigan klublar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.

Ekaterinburg shahri sharafini himoya qiladigan "Viz-Sinara" Rossiyaning mashhur klublaridan biri hisoblanadi. Klub 1992 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda Rossiya Superligasida ishtirok etadi. Jami 11 marotaba mavsumni sovrinli o‘rinlarda yakunlagan, 2008-2009 va 2009-2010 yilgi mavsumlarda Rossiya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, "Viz-Sinara" 2007-2008 yilgi mavsumda futzal bo‘yicha UEFA kubogi finalida Ispaniyaning "El-Poso" jamoasini mag‘lub etib bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2007 yil Rossiya kubogi, 1998 yilda Oliy liga kubogini qo‘lga kiritgan.

"Viz-Sinara" o‘zining akademiyasi bilan ham mashhur hisoblanadi.
"Zik-Urfu" esa Rossiya Oliy ligasida ishtirok etadi, jamoa Superligaga chiqish uchun harakat qilmoqda.


Manba: www.uff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 118
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 79
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar