“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 22:36
ЎЗO‘Z

Server va Odildan chiroyli gol yoxud legionerlarimiz haqida

14 avg, 22:22 4 820 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Server va Odildan chiroyli gol yoxud legionerlarimiz haqida Rashidov 9-raqam ostida o‘ynaydi. Xabaringiz bor, hamyurtimiz Sardor Rashidov faoliyatini «Al-Jazira» klubida davom ettiradi. U BAA chempioni bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. «Al-Jazira» 11 avgust kuni yozgi ilk o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini yakunladi. Jamoa futbolchilari naq 24 kun davomida Gollandiyada mashg‘ulotlar olib borishdi.

Bu oraliqda 5ta nazorat uchrashuvi tashkil etildi. Rashidov xususan, NEK, «Deventer», «De Treffers» hamda «Fortuna Sittard» klublariga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushdi va 1ta gol urdi. Abu-Dabi sharafini himoya qiluvchi jamoa mashg‘ulotlari endi o‘z qarorgohiga ko‘chdi.

«Al-Jazira» BAA pro-ligasi doirasidagi ilk o‘yinni 20 sentyabr kuni «Ajman»ga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi. Ta’kidlash joiz, «Al-Jazira» yangi mavsum oldidan Muborak Bussufa, Ahmad Xalil, Lassana Diarra kabi ijrochilar hisobiga ham kuchaydi. Marokashlik Bussufa 10-raqamni band etgani bois, hamyurtimiz yangi jamoasida 9-raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi.

3 ochko keltirgan gol. «Istiqlol» klubi Eron chempionati 3-turi doirasida o‘z maydonida «Traktorsozi»ga qarshi bahs olib bordi. Mazkur o‘yinda 3 ochko taqdirini yagona gol hal qildi. E’tiborli tomoni, «Istiqlol»ga g‘alaba keltirgan qimmatli gol terma jamoamiz vise-sardori Server Jeparov nomiga yozildi.

Uning «Traktorsozi» darvozabonini o‘ziga xos kuchli aylanma zarbasi bilan chiroyli tarzda dog‘da qoldirganini alohida ta’kidlash o‘rinli. Umuman, Server «Istiqlol»ning boshlang‘ich tarkibida maydonga tushib, 85 daqiqa harakatlandi.

Supergol. Odil Ahmedovning klubi - «Shanxay SIPG» Xitoy super-ligasi 21-turida ham qimmatli ochkolardan mahrum bo‘ldi. Shanxayliklar chorshanba kuni hamyurtimiz maydonda to‘liq vaqt to‘p surgan safar uchrashuvida «Xebey»ni enga olishmadi - 2:2. Aytish joiz, Odilning jamoasi avvalgi turda ham 1 ochko bilan cheklangandi.

Yakshanba kuni esa «Shanxay» o‘z maydonida «Chjichen Lifan» bilan kuch sinashib, Odil Ahmedovning 72-daqiqada urgan supergoli yordami bilan 3 ochko oldi. 3:2 hisobida tugagan bahsda hamyurtimiz sariq kartochka ham oldi.

Ushbu natijalardan so‘ng «SIPG» musobaqa jadvalida 2-o‘rinda qoldi (45 ochko), biroq peshqadam «Guanjou Evergrand» bilan o‘rtadagi ochkolar farqi 5 taga oshdi.

«Pekin Guoan» ham avvaliga safarda «Tyanjin Kuanjin» bilan uchrashuvda murosa yo‘lini tanladi (2:2), keyin «Lyaoning»ni 4ta javobsiz gol bilan «siyladi». Afsuski, poytaxt jamoasi tarkibidagi Egor Krimes bu o‘yinlarda ham maydonda ko‘rinish bergani yo‘q.

Umuman, terma jamoamiz himoyachisi joriy mavsum «Pekin»ning atigi 2ta uchrashuvida qatnashdi, xolos. Uning jamoasi ayni payt 36 ochkoga ega va 6-o‘rinda bormoqda. 21-tur tarkibida Anzur Ismoilov to‘p surayotgan «Chanchun Yatai» uchun omadli keldi. Jamoa bu safar «Xenan Jiane» maydonidan 2:0 ko‘rinishidagi g‘alaba bilan qaytib, ochkolari sonini 26taga etkazdi.

Hamyurtimiz mazkur ijobiy natijaga 90 daqiqalik faolligi bilan munosib hissa qo‘shdi. Biroq keyingi bahsda «Yatai» o‘z maydonida «Yanbyan» bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Boz ustiga, Ismoilov 44-daqiqada maydondan chetlashtirildi.

Safardan 4 ochko bilan. Yaponiya chempionatida ham 21-22-tur o‘yinlari ortda qoldi. «Jubilo Ivata» avvaliga mehmonda «Vegalta Senday» bilan kuch sinashib, durang qayd etdi - 0:0.

Jamoa a’zosi Fozil Musaev bu uchrashuvda doimgidek, to‘liq 90 daqiqa davomida to‘p surdi. 22-tur doirasida esa «Gamba Osaka» mehmoni bo‘lgan «Jubilo» 2 ta gol urgan holda, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Biroq hamyurtimiz 83-daqiqada kichik jarohat sabab, maydonni ertaroq tark etdi. Uning joriy chempionatda jami 19 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urganini eslatish joiz. «Ivata»ga kelsak, 38 ochko to‘plagan jamoa turnir jadvalining 6-pog‘onasini egallab turibdi.

Endi 3 daqiqa. «Rostov» murabbiylari hozircha jamoaning yangi a’zosi - Eldor Shomurodovga maydon taftini his qilish imkoniyatini berish bilan cheklanishyapti.

Harqalay, chorshanba kuni o‘tkazilgan «Rostov» - «Dinamo» (1:0) o‘yinida 3 daqiqa harakatlangan hamyurtimiz 6-turdan o‘rin olgan «Ufa»ga qarshi safar uchrashuvi tugashiga ham 3 daqiqa qolganida maydonga tushirildi. O‘yin esa «Rostov»ning yirik - 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Aytgancha, rostovliklar bosh murabbiyi Leonid Kuchuk «Dinamo» bilan o‘yindan so‘ng hujumchilarga alohida to‘xtaldi: «Jamoamiz katta moliyaviy imkoniyatga ega emas.

Hozir Buxarov davolanmoqda, u Germaniyada. Xayriyatki, Vladimir Dyadyun o‘zini ko‘rsatmoqda - raqiblar bilan kurashmoqda, sheriklariga vaziyatlar yaratib bermoqda. Yana Eldor Shomurodov bor. U yaxshi sifatlarga ega. Mana, Eldor bugun yo‘q joydan yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib qolishi mumkin edi».

Vadim Afonin «Anji»ning 5-6-turlar doirasidagi 2ta o‘yinida ham to‘liq 90 daqiqadan harakatlandi, ammo ularda maxachqal’aliklar ochko ololmadilar. Aniqroq aytsak, «SKA-Xabarovsk» maydonida 0:2 hisobli mag‘lubiyatni tan olgan «Anji» keyingi turda «Dinamo»ni qabul qilib, 1:3 ko‘rinishida yengildi.

«Tosno» esa ikki xil natijaga erishdi. Qizig‘i, Vagiz Galiulin jamoasi o‘z maydonida SSKAga yutqazib (1:2), safarda «Lokomotiv»dan ustun keldi (2:0). Vagiz bu o‘yinlarning ikkisida ham maydonda to‘liq vaqt to‘p surdi. «Temiryo‘lchilar» tarkibidagi Vitaliy Denisovga kelsak, u hamon chetda qolmoqda.


Manba: www.iff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 0
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 1
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 8
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 191
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 59
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 434
  • So'nggi yangiliklar
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 0
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 8
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 39
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 44
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 131
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 29
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 341
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 322
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 191
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 126
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 54
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 98
  • Bo‘limlar