“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 16:37
ЎЗO‘Z

Neymar «PSJ» bilan 6 yillik shartnoma tuzadi

23 iyul, 23:02 5 299 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Neymar «PSJ» bilan 6 yillik shartnoma tuzadi «Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchining otasi parijliklar jamoasi sport direktori Antero Enrike hamda boshqaruv kengashi raisi Sofi Jordan bilan uchrashib, shartnomaning oxirgi bandlarini muhokama qilib olgan.

Ushbu transfer «PSJ»ga 400 mln evroga tushadi. Klub Neymarning transferi uchun 222 mln evro to‘laydi, futbolchining o‘zi esa 6 yillik shartnoma imzolab, jami 180 mln evro ishlab oladi.

O‘tgan haftada Neymar jamoasini o‘zgartirmoqchi ekani, bu uning kataloniyaliklar jamoasida «Messi soyasida qolib ketayotgani» bilan izohlangani haqida xabarlar tarqaldi.

«Barselona» o‘z etakchisini saqlab qolishni istamoqda, ammo oxirgi xabarlarga ko‘ra, tomonlarning muzokaralari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Neymar «Barselona» tarkibida 2013 yildan buyon o‘ynamoqda. U jami 186 o‘yinda maydonga tushib, 105 ta gol urgan va 80 ta golga hammualliflik qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 162
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 87
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 267
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 96
  • So'nggi yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 80
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 158
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 84
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 44
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 297
  • Bo‘limlar