“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 21:18
ЎЗO‘Z

La liga. «Real» - «Selta» - 3:0. Ronaldu xet-trikka erishdi

07 dek, 11:01 6 428 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
La liga. «Real» - «Selta» - 3:0. Ronaldu xet-trikka erishdi «Real» g‘alabali o‘yinlar seriyasini davom ettiradi. Bu safar madridliklar qarshisida «Selta» ojiz qoldi. «Qirollik klubi»ning uchala goliga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. Xet-trik, ajoyib natija.

Faqat o‘yinning 35-daqiqasida Ronaldu tomonidan ishlangan shubhali penalti futbol muxlislariga yoqmadi. O‘ng qanotdan to‘p jarima maydonchasiga kirayotgan Ronaldu tomon etkazildi. Himoyachi Xonni jarima maydonchasi tashqarisidan Krishtianuning ortida ushladi va darhol qo‘yib yubordi. Buni sezgan Ronaldu o‘zini erga tashladi hamda jarima maydonchasi ichida yiqildi. Undiano Malenko penalti belgiladi. Ronalduning o‘zi 11 metrli jarima zarbasini golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘limda «Real» o‘z ustunligini namoyish etdi va Ronaldu sheriklariga etkazgan 2ta uzatmani golga aylantirib, yakuniy natijani o‘rnatdi.

"Real" mavsumdagi ketma-ket 18-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va Raykard davridagi "Barselona" rekordini takrorladi. Madridliklar hisobidagi ochkolar soni 36taga etdi va ular peshqadamlik qilishda davom etishadi.

Ispaniya chempionati, 14-tur
Real Madrid – Selta 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 36, penalti Ronaldu, 2:0 – 65 Ronaldu, 3:0 – 81 Ronaldu.
Real Madrid – Kasilyas, Ramos, Karvaxal, Pepe, Marselo, Ilyaramendi, Xames (Arbeloa, 53), Beyl, Kroos, Benzema (Koentrau, 80), Ronaldu (Ernandes, 85).
Selta – Alvares, Malo, Fontas, Kabral (Gomes, 74), Kastro, Kron-Deli (Mina, 82), Radoya, Orelyana (Fernandes, 70), Ernandes, Nolito, Larrivey.
Ogohlantirishlar: Kabral (11), Kastro (35), Nolito (35), Xames (38), Karvaxal (75), Ernandes (77), Arbeloa (79), Ilyaramendi (87).

Manba: www.stadion.uz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 23
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 61
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 127
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 297
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 56
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 88
  • So'nggi yangiliklar
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 0
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 0
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 0
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 8
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 8
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 15
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 23
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 151
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 42
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 61
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 22
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 35
  • Bo‘limlar