“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:31
ЎЗO‘Z

Rasman. Shin Te Yong - Janubiy Koreya terma jamoasiga bosh murabbiyi

04 iyul, 12:23 5 599 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasman. Shin Te Yong - Janubiy Koreya terma jamoasiga bosh murabbiyi O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichidagi raqibi – Janubiy Koreya termasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Shin Te Yong terma jamoa bosh murabbiyiga aylandi. Koreyalik 46 yoshli mutaxassis bunga qadar Janubiy Koreya U-20 terma jamoasiga ustozlik qilib kelayotgan edi.

Futbolchilik faoliyati davomida yarim himoyachi ampluasida to‘p surgan Shin Te Yong milliy terma jamoa safida 23 o‘yin o‘tkazib, 3 ta golga mualliflik qilgan. Murabbiylik faoliyatida u “Brisben Roar” (Avstraliya, 2005–2008), “Seongnam Inxva Chunma” (2009–2012) klublarida murabbiy yordamchisi, bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi, bosh murabbiy lavozimlarida ishlagan. 2014–2016 yillarda Shin Te Yong Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi va bosh murabbiy assistenti bo‘lgan.

Shuningdek, Shin Te Yong 2015–2016 yillarda Janubiy Koreya olimpiya termasi, 2016 yildan bugungi kunga qadar Janubiy Koreya U-20 termasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi o‘rtalarida Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi JCh–2018 saralashidagi qoniqarsiz natija tufayli germaniyalik mutaxassis Uli Shtilikeni bosh murabbiy lavozimidan ozod etgandi.

Ma’lumot uchun, 31 avgust kuni Janubiy Koreya termasi o‘z maydonida Eron bilan kuch sinashsa, 5 sentyabr Toshkentda O‘zbekistonga qarshi bahs yuritadi.

Manba: www.the-uff.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 2
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 11
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 216
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar