“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:31
ЎЗO‘Z

Fyodor Emelyanenko Mett Mitrionga qarshi jang o‘tkazadi. Mashhur sportchining imkoniyatlari qanday?

24 iyun, 13:04 6 356 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fyodor Emelyanenko Mett Mitrionga qarshi jang o‘tkazadi. Mashhur sportchining imkoniyatlari qanday? Aralash yakkakurashlar bo‘yicha taniqli rossiyalik jangchi Fyodor Emelyanenko yakshanba kuniga o‘tar kechasi amerikalik Mett Mitrion bilan Nyu-Yorkdagi Bellator 180 jang kechasida to‘qnash keladi.

Avvaliga bu jangchilar San-Xoseda (AQSh) 18 fevral kuni uchrashishlari lozim edi, biroq jang sanoqli soatlar qolganda bekor qilindi, Mitrionning buyragida kasallik aniqlangan. Natijada Emelyanenko raqibni almashtirishdan bosh tortdi, hamda jang rasman boshqa muddatga ko‘chirildi. 38 yoshli amerikalik o‘z sog‘ligini yaxshilab oldi va mart oyida jang o‘tkaziladigan yangi sana ma’lum qilindi.

40 yoshli Emelyanenko uchun bu sportga qaytganidan so‘ng o‘tkazadigan uchinchi jang bo‘ladi. 2015 yilda Emelyanenko uch yillik tanaffusdan so‘ng faoliyatini tiklagani haqida ma’lum qildi. O‘sha yilning 31 dekabr kuni rossiyalik bir necha daqiqa ichida hindistonlik Jaydip Singxni taslim etdi.

2016 yilning iyunida esa Emelyanenko braziliyalik Fabio Maldonado bilan to‘qnashdi. Unda Fyodor hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Emelyanenko bilan shug‘ullangan Aleksandr Michkovning fikricha, Fyodor Mitrion bilan bahsda muammolarga duch kelmasligi kerak. “U ham tezroq, ham ancha kuchli zarbaga ega. Agarda uning sog‘ligi bilan hammasi joyida bo‘lsa, jangda katta muammolar bo‘lmaydi”, - degan u.

Xabarlarga ko‘ra, Emelyanenko tayyorgarlikni an’anaviy ravishda yopiq rejimda o‘tkazdi.

Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning xabar qilishicha, 24 iyun kungi jangni juda kutmoqda. "Fyodorning raqibi noodatiy hech narsaga ega emas. Biroq, u chap qo‘lda juda kuchli zarbaga ega, agarda adashmasam, u chapaqay. Fyodorga birinchi raundda yaxshi kikdaun tilamoqchiman", - dedi Nurmagomedov.

Fyodor Emelyanenko aralash yakkakurashlarda 40 ta jang o‘tkazib, 36 g‘alabaga erishgan. Mitrion esa UFC va Bellator’da qatnashib, 11 g‘alabani qo‘lga kiritgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar