“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:22
ЎЗO‘Z

Transfer: Narxi tushgan Ahmedov, qimmatlashgan Rashidov va Lobanov

24 iyun, 00:05 6 938 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Transfer: Narxi tushgan Ahmedov, qimmatlashgan Rashidov va Lobanov Germaniyaning transfermarkt.de saytida O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilarining yangi transfer qiymati ham e’lon qilindi. Tabiiyki, bir yil davomida ayrim futbolchilarimiz transfer bahosi qimmatlashgan, ba’zilariga qo‘yilgan narx aksincha, pasaygan.

2016 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan Odil Ahmedovning transfer bahosi 2011 yildan buyon ilk marta pasaydi.

Yil boshida «Krasnodar»dan Xitoyning «Shanxay SIPG» jamoasiga ko‘chib o‘tgan terma jamoamiz sardorining bahosi 7 million evrodan birdaniga 5,5 «limon»ga tushdi. Buning sababi tayin - Odilning Evropa jamoa­sidan Osiyo futboliga qaytgani va joriy yil 30 yoshga to‘lgani.

Tailand termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yini (2:0)da ajoyib goli bilan muxlislar yuziga tabassum qaytargan Sardor Rashidov endi Qatarning «Al-Jaish» klubi a’zosi emas. Futbolchi yaqinda «Al-Jazira» (BAA) vakiliga aylandi, lekin u jadvalga jamoasiz maqomi bilan qayd etildi.

Sardorning transfer qiymatiga nazar solsak, u bir yil ichida 200 ming evro qimmatlashgan. Biz esa Rashidov narx bobida yanada yuksalganini ko‘rishni istagandik.

Ammo sayt xodimlari futbolchining jamoasiz bo‘lib turganiyu, terma tarkibida ko‘pincha zaxirada qolib ketayotganini yoddan chiqarmagan ko‘rinishadi.

O‘tgan mavsum oliy liga birinchi davrasidan so‘ng bosh to‘purar maqomida Xitoyga yo‘l olgan Igor Sergeev Chin yurtida chinakam omadsizlikka uchradi. «Pekin Guoan» safida yarim mavsum davomida 1tagina gol urgan terma jamoamiz hujumchisi ortga qaytganidan keyin ham avvalgi mahsuldorligini namoyish etolmayapti.

Shunga yarasha, Sergeevning transfer bahosi 2 milliondan 1,6 million evroga tushdi. Odatda 30 yoshdan oshgan futbolchilar bahosi pasayardi, Sergeev esa ayni o‘sadigan vaqtda. Osiyo kubogi-2015da terma jamoamiz safidagi o‘yinlari orqali transfer narxini ko‘targan Igor vaziyatni tezroq o‘nglamasa, transfer masalasida yanada orqaga ketishi mumkin.

Jadvalning e’tiborli tomoni, milliy jamoa darvozasani qo‘riqlayotgan Aleksandr Lobanov doimiy zaxirachi Ignatiy Nesterovdan 250 ming evro arzon. To‘g‘ri, Nesterov va Lobanov qarama-qarshiligiga shu ko‘rsatkich bo‘yicha baho berish noto‘g‘riyu, lekin bunda biroz asos yo‘q emas, albatta.

Afsuski, jadvalda millionlik «tosh» bosadigan futbolchilarimiz soni atigi 4 nafar. Sergeevning Xitoyga borib, bir zumda qaytgani uning narxini tushirgan bo‘lsa, Temurxo‘ja Abduxoliqovning «Al-Sayliya»dagi omadli mavsumi transferi million marrasidan oshishiga kamlik qildi.

Yana Sergeevga alohida to‘xtalsak, 24 yoshli futbolchi o‘tgan yilgi transfer narxiga nisbatan roppa-rosa 400 ming evro arzonlashgan. O‘rtadagi farq evaziga Stanislav Andreev transfer huquqini sotib olish mumkin. Aytgancha, jadvalda Yaponiyaning «Jubilo Ivata» klubi vakili Fozil Musaev yo‘q.

Fozilning terma jamoa yig‘inlariga chaqirilayotganidan xabardormiz, biroq uning shunchaki, mashg‘ulotlarga kelib-ketishi sayt xodimlari nazaridan chetda qolgan, shekilli. Yana bir legionerimiz Server Jeparovning narxi biroz pasaydi - 850 mingdan 800 mingga.

Serverning Eron termasiga qarshi uchrashuvdan oldingi intervyusini o‘qigach, uning Tehronda asosiy tarkibda maydonga tushishini taxmin qilgandik. Lekin o‘sha kuni hattoki, operatorlar ham Jeparovga e’tibor qaratishmadi. Vaholanki, u hozirda «Sepahon» a’zosi sanaladi.

Umid qilamizki, Server tez orada yana yuqori sport formasiga qaytadi va transfer jadvalida ham millionga tortadigan futbolchilar ro‘yxatini to‘ldiradi. Kuni-kecha Ahmedovning sobiq jamoasi - «Anji» bilan «1+1» shaklida shartnoma tuzgan Vadim Afoninning transfer narxi 600 ming evroga teng.

«Nasaf» va «Qo‘qon-1912» futbolchilariga qo‘yilgan baho biroz qimmatlashganini ko‘rish mumkin. Xususan, Akmal Shorahmedovning narxi 350 mingdan 400 ming evroga ko‘tarilgan bo‘lsa, Murod Xolmuhammedov 25 ming evro qimmatlashgan.

Farrux Sayfiev va Javohir Siddiqovning narxi esa o‘tgan yilgi ko‘rsatgichga nisbatan o‘zgarmadi. Umuman, jadvalda ko‘rsatilgan barcha futbolchilar narxi hisoblansa, O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibi jami 20 million 900 ming evroga baholangani oydinlashadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilarining 2016 va 2017 yilgi transfer qiymati



Manba: interfutbol.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar