"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu unga Ispaniyada bo‘layotgan munosabatlardan charchadi. Bu haqda futbolchi jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan bo‘lgan suhbatda aytgan.
"Ispaniyada menga jinoyatchidek munosabatda bo‘lishmoqda. OAVdan boshlab" - deydi Ronaldu.
Fransiyalik mutaxassis Ronalduga qo‘ng‘iroq qilib, uni "Qirollik klubi"da olib qolishga uringan. Portugaliyalik qaror qabul qilib bo‘lgan va uning fikrini hech kim o‘zgartira olmaydi.