“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:40
ЎЗO‘Z

Babayan Tailand va Eronga qarshi o‘yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e’lon qildi. Yangi nomlar bor

29 мая, 13:49 6 399 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Babayan Tailand va Eronga qarshi o‘yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e’lon qildi. Yangi nomlar bor O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi A guruhi 8-turida Tehron shahrida Eron termasi bilan to‘qnash keladi. Undan avval esa terma jamoa Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan bo‘lajak o‘yinlarga 28 futbolchini jalb qildi:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov («Paxtakor»), Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»), Eldor Suyunov («Nasaf»);

Himoyachilar: Stanislav Andreev («Paxtakor»), Farrux Sayfiev («Nasaf»), Anzur Ismoilov («Chanchun Yatay», Xitoy), Egor Krimes («Beyjing Goan», Xitoy), Islomjon Qobilov («Metallurg»), Rustam Ashurmatov («Bunyodkor»), Otabek Shukurov («Bunyodkor»), Murod Xolmuhammedov («Qo‘qon-1912»), Davron Hoshimov («Paxtakor»), Akmal Shorahmedov («Nasaf»);

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov («Shanghay SIPG»), Server Jeparov («Istiqlol», Eron), Javohir Siddiqov («Qo‘qon-1912»), Eldor Shomurodov («Bunyodkor»), Jaloliddin Masharipov («Lokomotiv»), Sardor Rashidov («Al-Jaish», Qatar), Marat Bikmaev («Lokomotiv»), Aziz Haydarov («Ajman», BAA), Fozil Musaev («Jubilo Ivata», Yaponiya), Azizjon G‘aniev («Nasaf»), Vadim Afonin («Orenburg», Rossiya), Odil Hamrobekov («Nasaf»);

Hujumchilar: Igor Sergeev («Paxtakor»), Temurxo‘ja Abduxoliqov («As-Sayliya», Qatar), Aleksandr Geynrix («Ordabasi», Qozog‘iston).

O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar himoyachisi – Islom To‘xtaxo‘jaev («Lokomotiv», Toshkent), Vitaliy Denisov («Lokomotiv», Moskva) hamda Aleksandr Merzlyakov («Qo‘qon-1912») klub mashg‘ulotlarida orttirib olgan jarohatlari tufayli Tailand va Eronga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bellashuv «Bunyodkor» stadionida soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Eronga qarshi uchrashuv esa 12 iyun kuni Tehrondagi «Ozodiy» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, JCh–2018 turniriga saralash bosqichi A guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O‘zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 90
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 297
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 196
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar